FESSAN
FESSAN (Fezzan) — Liviyadagi tarixiy viloyat. 7-asrgacha mahalliy qabilalar mustaqilliklarini saqlab qolganlar. 7-asrdan arablar qo’l ostida. 16-asrdan Usmonli turk imperiyasi tarkibida; 1911 -12 yillardagi Italiya — Turkiya urushidan so’ng Italiyaning Liviya mustamlakasiga kirgan (aholining qattiq qarshiligi natijasida italyan qo’shinlari Fessanni faqat 1930 yil egallashgan). 1943 yil frantsuz qo’shinlari tomonidan bosib olingan (1956 yil u yerdan chiqarilgan). 1951 — 63 yillarda Liviya qirolligida 3 viloyatdan biri.