FITOGELMINTLAR
FITOGELMINTLAR, fitonematodalar — o’simliklarda parazitlik qiluvchi to’garak chuvalchanglarning umumiy nomi. Nematodalar sinfiga mansub. 10000 dan ortiq, jumladan, O’zbekistonda 700 ga yaqin turi ma’lum. Gavdasining uzunligi 0,2—5 (ba’zan 11) millimetr, yo’g’onligi 10-100 mkm. O’simlikning yer ustki yoki yer ostki qismidagi turli organlarda parazitlik qilishga ixtisoslashgan turlari bor. Fitogelmintlar bilan zararlangan o’simlik o’sishdan qoladi, so’liydi; zararlangan organlarda bo’rtma (shish) paydo qiladi; to’qimalari yemirilib, nekrozta uchraydi. O’zbekistonda sabzavot va poliz ekinlari, g’o’za, kanop va boshqa o’simliklarga bo’rtma nematodalar, kartoshkaga poya nematodasi katta ziyon yetkazadi. Fitogelmintlarni fitogelmintologiya o’rganadi.