«FONON» ILMIY ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASI
«FONON» ILMIY ISHLAB CHIQARISH BIRLASHMASI — zargarlik sanoati korxonasi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshida faoliyat ko’rsatadi. Oltin va kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari, qimmatbaho uyro’zg’or idishlari, O’zbekiston Respublikasining orden va medallari, qimmatbaho tangalari va optik hamda lazer kristallari ishlab chiqaradi. Tarkibida 1sonli zavod (Toshkent zargarlik zavodi), 3-sonli zavod, 4sonli zavod va qo’shma korxonalar («kumush», «Uzbek Jewellery») hamda ilmiy markaz bor. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 6 maydagi qarori asosida O’zbekiston Fanlar Akademiyasi yadro fizikasi institutida akademik M. X. Ashurov rahbarligida laboratoriyada olib borilgan ilmiy izlanishlarni ishlab chiqarishga joriy etish asosida tashkil etilgan. 1992 yildan muntazam ish faoliyatini boshlagan birlashma O’zbekistonda zargarlik sanoatini rivojlantirishda salmoqli o’ringa ega. Birlashmaning ilmiy markazida xalqaro fantlar hisobiga muhim yo’nalishlarda ilmiy izlanishlar olib boriladi. Hozirgi ishlab chiqarilayotgan asosiy mahsulotlari chet ellarga eksport qilinadi.