FREZALASH STANOGI

FREZALASH STANOGI — detallarning tashqi va ichki yuzalari (tekis va shakldor yuzalar), botiqlar va chiqiqlarga, aylanuvchi jism sirtlariga, rezba va tishli g’iddirak tishlariga freza yordamida kesib ishlov beruvchi stanok. Frezalash printsipi 16-asrda Leonardo da Vinchining dumaloq egov ko’rinishidagi frezaning eskizini chizishidan paydo bo’lgan. 1665 yilda Pekinda aylanuvchi egov o’rnatilgan stanok qurilganligi ma’lum. Hozirgi zamon Frezalash stanogining nusxalari 19-asrda vujudga kela boshlagan. Vazifasi va tuzilishiga qarab Frezalash stanogi bir necha xilga bo’linadi. Universal Frezalash stanogi konsolli, shpindelining o’qi gorizontal joylashgan bo’lib, unda freza opravkasini tutib turadigan osma bo’ladi. Turli xil frezalar bilan ishlaydi. Stanokdagi buriladigan stol bo’ylama, ko’ndalang va vertikal yo’nalishda siljiydi. Gorizontal Frezalash stanogi universal Frezalash stanogiga o’xshaydi, ammo uning stoli burilmaydi. Vertikal Frezalash stanogi shpindeli o’qining vertikal joylashishi bilan gorizontal va universal Frezalash stanogilardan farq qiladi. Bo’ylama Frezalash stanogi yirik gabaritli zagotovkalarga ishlov berishga mo’ljallangan. Andaza bilan ishlaydigan Frezalash stanogi turli tekis profillar (shablonlar, kulachoklar va boshqalar)ga yoki andaza (model) bo’yicha fazoviy murakkab yuzalarga ishlov berish uchun xizmat qiladi. Rezba Frezalash stanogi taroqsimon, diskli, chervyakli, barmoqli frezalar yoki maxsus rezba kallaklari yordamida tashqi va ichki rezbalar chiqarish uchun mo’ljallangan. Shponka Frezalash stanogidan shponka arikchalari ochishda foydalaniladi. Bunda aylanuvchi freza ilgarilamaqaytma harakat qiladi; bir va ko’pshpindellibo’ladi. Karusel Frezalash stanogi quyma, bolg’alangan va shtamplangan zagotovkalarga tores frezalari bilan ishlov berish uchun xizmat qiladi. Barabanli Frezalash stanogi ayni paytda zagotovkaning ikki tores yuzasini frezalash, ariqchalar ochish uchun mo’ljallangan. Sanoatda dastur bilan boshqariluvchi turli Frezalash stanogilari qo’llaniladi. Yog’och ishlash Frezalash stanogida freza mahkamlanadigan aylanuvchi vertical shpindel mavjud. Undan zagotovkalarni kesib ishlashda foydalaniladi. Oddiy, karusel (bir va ikki shpindelli) va andaza bilan ishlaydigan xillari bor.