GAGARALAR

GAGARALAR (Gaviiformes) — qushlarning bir turkumi. 5 turi: qiziltomoq gagara (Gagaralar stellata), qoratomoq gagara (Gagaralar arctica), oqbo’yinli gagara (Gagaralar pacifica), oq tumshuqli gagara (Gagaralar adamsii), qutb gagarasi (Gagaralar immer) mavjud. Nisbatan yirik qushlardan. Og’irligi 1 kilogrammdan 6,4 kilogrammgacha. Suv muhitida yashashga juda yaxshi moslashgan. Hayotining asosiy qismini suvda o’tkazadi, ko’payish uchun quruqlikka chiqadi, ammo yerda yura olmaydi. Gagaralar dengiz qushidir. Chuchuk suvli havzalarda migratsiya va urchish davrida uchraydi. Gagaralar Shimoliy yarim sharning sovuq va mo»tadil mintaqalarida tarqalgan. Ko’payish davrida Osiyo, Yevropa hamda Shimoliy Amerikaning tundra va o’rmon zonalarida yashaydi. Ko’pincha 2 ta tuxum qo’yadi. Tuxumlarni modasi va nari navbat bilan 24-29 kun bosadi. Tuxumdan chiqqan jo’jalar suvga tushib suzib ketadi. Asosan mayda baliqpar bilan oziqlanadi. O’zbekistonda qiziltomoq va qoratomoq Gagaralar qishlash va uchib o’tish davrida ahyon-ahyonda uchraydi.