Galen (Galenus) Klavdiy
Galen (Galenus) Klavdiy (taxm. 129, Pergam — 201, Rim) — qad. Rim vrachi va tabiatshunosi. Sharkda Jolinus Hakim nomi b-n mashhur. Tibbiyot va falsafaga oid ko’plab asarlar muallifi. «Inson tanasining qismlari haqida»gi mumtoz asarida birinchi marta bir butun organizmni anatomikfiziologik jihatdan tasvir-lab bergan. Hay-vonlarda o’tkazil-gan vivisektsiya tajribalarini tibbiyotga joriy kilgan. G. shifobaxsh dorilar (q. Galen preparatlari) deb ataluvchi dori-darmonlarni hayvon va o’simlik xom ashyolaridan tayyorlagan. Tabobat tarixida qon aylanish to’g’risidagi dastlabki g’oyalarni ilgari surgan. Odam anatomiyasi va fiziologiyasi ilmiy diagnostika, davolash va profilaktikaning asosi ekanligini ko’rsatib bergan. G. antik tibbiyot haqidagi tasavvurlarni yagona ta’limot tarzida umumlashtirib, 15-16-a.larga qadar tabiatshunoslikning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatgan. G. faylasuf sifatida sezgilardan tashqari aql ham bilish va haqiqat man-baidir, deb hisoblagan. Peripatetiklar ta’limoti b-n stoiklar ta’limotini bog’lab olib borgan. O’zining nomi b-n ataluvchi sillogizmning to’rtinchi figurasi hamda to’rt mizoj haqidagi ta’limoti mashhur. Uning «falsafa tarixya» asari olim vafotidan keyin taxm. 500-y.da tuzilgan bo’lib, u tibbiyot talabalari uchun darslik hisoblangan. G. ta’limoti cherkov tomonidan qonunlashtirilgan va u tibbiyotda ko’p asrlar mobaynida hukm surgan.