GALIMULLINA ILIRA XAYRULOVNA

GALIMULLINA ILIRA XAYRULOVNA (1945.16.6, Nukus shahri) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). ToshDUning kimyo fakultetini tugatgan (1968). 1968 yildan Kegayli tumani, Taxiatosh shahri maktablarida kimyo o’qituvchisi, maktab direktori o’rinbosari. 1986 yildan Taxiatosh shahridagi 1-maktab direktori. Galimullina yosh avlodni tarbiyalashda o’zi boshqargan pedagogik jamoa bilan rejali ish olib bormoqda, o’quvchilarning bilim saviyasi yildan-yilga yaxshilanmoqsa. 1998/99 o’quv yilida maktab «O’zbekiston geografiyasi» fani bo’yicha tajriba-sinov maydoni etib belgilandi va sinov natijalariga ko’ra maktab yuqori bahoga sazovor bo’ldi.