GALITSIYA

GALITSIYA — G’arbiy Ukraina va Polsha yerlari bir qismining (Ukrainaning hoz. Ivano-Frankovsk, Lvov, Ternopol viloyatlari, Polshaning Jeshuv va Krakov voevodaligining katta qismi) tarixiy nomi. Rech Pospolitattt 1- (1772, Sharqiy Galitsiya) va 3- (1795 yil, G’arbiy Galitsiya) bo’linishi natijasida Avstriya imperiyasi tomonidan egallab olingan. 1772-1918 yillarda Gabsburglar imperiyasi viloyati (rasmiy nomi — Krakov buyuk gersogligi b-n birgalikdagi Galisiya qirolligi va Lodomeriya) bo’lgan. 1918 yildan Polsha tarkibida. Sharqiy Galitsiya 1939 yildan Ukraina tarkibiga qo’shilgan.