Gamburg

Gamburg — Germaniyadagi yirik shahar va port. Quyi Elbaning har ikki sohilida, daryoning Shimoliy dengizga quyilish joyidan 110 km yuqorisida. Ma’muriy jihatdan g. erini tashkil etadi. Mayd. 755 ming km2. Aholisi 1,7 mln. kishi (1990-y.lar o’rtalari). G. 9-a.dan qal’a sifatida ma’lum. 831 y.dan episkoplik, 834-845 y.larda arxiepiskoplik markazi. 12-13-a. lar-da o’zini o’zi boshqarish huquqiga erishgan. 1510 y.dan imperiyaning erkin shahri. 16-a.da Evropadagi yirik portlardan. 1815 y.da Germaniya Ittifoqi tarkibiga erkin shahar sifatida kirgan. 2-jahon urushi arafasida g. Porti orqali Germaniyaning ½ eksporti va importi o’tgan. Urushdan keyin g. Angliya okkupasiya qilgan zonada qolgan, 1949 y.dan GFR tarkibida. G. — t. y., avtomobil va havo yo’llari tuguni, mamlakatda suv yo’llari kesishgan markaz sifatida ahamiyati katta. Xalqaro aeroport va metropoliten bor. GFRdagi jami savdo floti tonnasining 2/3 qismi g. hissasiga to’g’ri keladi. Portida yiliga 60 mln. t yuk ortib tushiriladi. Sanoatining asosiy tarmoqlari: elektrotexnika, oziq-ovqat, umumiy mashinasozlik, kemasozlik, samolyotsozlik (A 321 aerobuslari ishlab chiqariladi), kosmonavtika, aniq mexanika, optika, kimyo, mis sanoati, neftdan mahsulotlar olish, ko’n, mebel, to’qimachilik. G.— muhim bank va xizmat ko’rsatish markazi. Gamburg fond birjasi Evropaning eng qad. birjalaridan (1558-y.da tashkil etilgan). Har yili turli xalqaro ixtisoslashgan yarmarkalar o’tkaziladi. Un-t (1919), Oliy musiqa va tasviriy san’at maktabi, yadro tadqiqotlari intlari bor. G. — kino san’atining markazi. Opera teatri (1678), badiiy muzey, etn. va ibtidoiy tarix muzeyi, san’at va hunarmandchilik muzeyi va b. mavjud. G. da me’moriy yodgorliklardan Katarinenkirxe (14-a. oxiri — 15-a. boshi), Yakobikirxe (14-a.), Mixaeliskirxe (1750-62, «katta Mixel» minorasi b-n, bal. 132 m) cherkovlari bor.