G’ARBIY BUG

G’ARBIY BUG — Ukraina, Belorussiya va Polshadagi daryo (ko’p qismi Belorussiya va Polsha chegarasidan o’tadi), Visla daryosining o’ng irmog’i. Uzunligi 831 kilometr, havzasi maydoni 73470 kilometr kvadrat. Ukrainaning Lvov viloyatidagi Podolsk qirlaridan boshlanadi. Lyublin qirlarining Sharqiy chekkasi bo’ylab va Mazoves — Podlyasa pasttekisligidan oqib o’tadi. Zegjin suv omboriga quyiladi. Kuzgi yomg’irlardan toshqinlar sodir bo’ladi. Eng sersuv davri — mart, aprel, eng kamsuv davri — sentyabr oyi. Dekabr — mart oylarida muzlaydi. Pripyat va Neman daryolari bilan kanallar orqali bog’langan. O’rtacha suv sarfi 160 metr/sekund. Boshlanishidan 315 kilometr davomida kema qatnaydi. G’arbiy bug sohillarida Brest, Sokal, Chervonograd, Kamenka-Bugskaya, Busk shaharlari joylashgan.