Garmoniya

Garmoniya (Yun. harmonia — bog’lanish, mutanosiblik) — 1) ko’p ovoz- li musiqaning asosiy ifoda vositalari- dan biri. Bunda asar mazmuni kuy rivo- Ji orqaligina emas, balki unga hamohang bo’lgan turli akkordparning almashi- nuvi yordamida ifodalanadi. G. muayyan lad va tonallikka oid akkordlarning sadolanish xususiyatlariga hamda ular- ning musiqa jarayonidagi turg’unligi yoki beqarorligiga asoslanadi. Odatda (gomofoniyauspubiaa) bosh kuy yuqori ovozda (ba’zan o’rta yoki past ovozlarda) bayon etilib, o’zga ovozlarda unga uzviy bog’liq bo’lgan kuy parchalari ham ma’- lum g. majmuini tashkil etishi mumkin. Kompozitorlar akkordlar muvozanati- dan turlicha foydalanib o’zlariga xos g. uslublarini kashf etishgan. Shuningdek, muayyan ijodiy yo’nalish (mas, Vena klas- sik maktabi), oqim (musiqaviy roman- tizm, impressionizm), milliy maktab namoyandalari ham ma’lum g. majmuiga tayanishgan; 2) musiqashunoslikning mu- ayyan tadqiq sohasi hamda maxsus musiqa o’quv yurtlarida o’zlashtiriladigan fan. Ad.: Mazel L., Problemi klassiche- skoy garmonii. M., 1972; Zakrjevskaya S, Garmoniya v tvorchestve kompozitorov O’zbekistana, Tadjikistana i turkme- NII, T., 1979; Azimova O., Garmoniya, T., 1999.