Garvard maktabi
Garvard maktabi — G’arb mam- lakatlari siyosiy-iqtisodida 1-jahon urushidan so’ng vujudga kelgan Yuna- lish. Statistik va matematik taxlil usullarini qo’llagan holda iktisodiy tsikl tabiati va xo’jalik kon’yunktu- rasini o’rganish b-n shug’ullangan. 1917 yilda AQShning Garvard un-ti qoshida tashkil etilgan iqtisodiy tadqiqotlar qo’mitasi tevaragida shakllandi. Uning taniqli vakillaridan biri — u. MIT- Chell. G.m. iktisodiy tushkunlik kuchay- gan davrda, iktisodiy Bo’hronlarni bar- taraf etish vositalarini izlash muhim muammoga aylangan sharoitlarda yuza- ga keldi. 20-a.da g.m. qarashlari Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, Italiya, Avstriya, Polsha kabi davlatlarda keng tarqaldi (20-y.larda bu mamlakatlar- da iqtisodiy bashorat maqsadlarida statistik materiallarni o’rganadigan kon’yunktura in-tlari tashkil etilgan). G.m. ob’ektiv iqtisodiy qonunlarni in- kor etishga olib keladigan «inqirozsiz tsikl» g’oyasini ilgari surdi. G.m. ka- rashlariga ko’ra, iqtisodiy yuksalish va inqirozlarning asosiy sababi pul tizi- midagi o’zgarishlar bo’lib, pul tizimi FA- oliyatini tartibga solish b-n iqtisodiy inqirozlarning oldini olish mumkin. Hoz. G’arb siyosiy iqtisodiyotida G.m.ning inqirozlarni bartaraf etish mumkinligi, bu maqsadlarda dav- latning iqtisodiyotga aralashuvi va boshqariladigan kapitalizm nazariyasi g’oyalari keng yoyilgan.