Gazli zilzilasi
Gazli zilzilasi — er kurrasidagi kuchli zilzilalardan biri. Buxoro sh.ning shim. g’arbida 1976 y. 8 apr.da mahalliy vaqt b-n soat 7 dan 41 min. o’tganda bo’lgan. Zilzila magnitudasi Rixter shkalasi bo’yicha M—7,0. Epi-tsentrda kuchi 8-9 ball bo’lgan. Episentr yaqiniga joylashgan Gazli sh. qattiq shikastlangan. 17 may kuni takrorlangan zilzila Gazli sh.ni vayronaga aylantirdi. Zilzila magnitudasi energiyasi M—7,3, kuchi 9 balldan oshdi. Har ikkala tebranishning Mar-kazi er yuzasidan 20 va 25 km chuqurlikda joylashgan. Zilzila o’chog’ining uz. 60 km, kengligi 20 km. Ketma-ket bo’lgan tebranishlar kuchi Buxoro, Romitanda 7 ball, Kogon, Zarafshon, Tomdibuloq, Qorako’l, Chorjo’yda 6 ball, Navoiy, Kattaqo’rg’on, Samarqand, Jizzax hamda Xiva, Beruniy, Urganchda 5 ball, Toshkent, Olmaliq, Angren, Denov, Termizda 4 ball, Nukus, Andijon, Farg’onada 3 ballga etdi. G. z. episentri Gazli sh.dan 20 km shim. dagi Qoraqir etaklarida bo’lgan. Bu joyda er qa’ridan Jan. Tyanshan seysmogen er yoriqlari zonasi o’tgan. Zamonaviy tektonik harakatlarning kuchayishi natijasida seysmogen siniq-lar bo’yicha Jan.- sharkdan shim.-G’arb tomonga keskin siljishlar g. z.ga sabab bo’lgan. Zilziladan keyin tuzilgan seysmik r-nlashtirish xaritasida Gazli atroflarida zilzilaning kuchi 9 balldan ortiq bo’lgan. 1984 y. 20 mart-dagi takror zilzilada 15-20 km chuqurlikdagi seysmogen yoriqlar tektonik harakatlarning faollashishi natijasida er yuzasigacha chiqhan. Yoriqlardan qum aralash suv otilgan. Episentr va uning yon atrofida zilzila shiddatli bo’lganligi tufayli bino va inshootlar vayronaga aylangan. Qoraqir ko’lining tubi ko’tarilib yoriqlarning kengligi 60-70 sm gacha etgan. Er yoriqparidan otilib chiqqan suvning issikligi 45°-46° bo’lgan. Boshqa joylarda esa suv keskin kamaygan. Zilzilaning magnitudasi uning o’chog’ida M—7,2, episentrda kuchi 10 ballga etgan. 1976 y.dagi zilzilalar singari Gazlida 8-9 ball, Buxoroda 7 ball, Navoiyda 6 ball, Samarqandda 5-6 ball, Urganch, Jizzax, Nukusda 5 ball va Toshkentda 4 ballga etgan. Zilziladan Gazli sh. butunlay vayron bo’lgan. Shuningdek, gaz konlaridagi inshootlar, kompressor st-yalar va b. ishdan chiqqan. 1976 y.dagi zilzila kabi 1984 y.dagi G. z. ham Jan. Tyanshan seysmogen zonasida paydo bo’ldi (q. Seysmogen zonalar). Ad.: Gazliyskie zemletryaseniya 1976 i 1984 gg., T., 1986. Rashod Ibrohimov.