Gelmintlar

Gelmintlar (Helminthos. Yun. helmins, helminthos — chuvalchang, gij- ja) — har xil sistematik guruhlarga mansub parazit chuvalchanglar guruhi. G.ga 5 tipga mansub jonivorlar, jum- ladan yassi chuvalchanglardan monogene- yalar, so’rg’ichlilar, tasmasimon chuval- changlar va tsestodsimonlar; to’garak chuvalchanglardan nematodalar va qilchu- valchanglar; halqali chuvalchanglar- dan zuluklar; tikanboshlilar, nemer- tinlar hamda sistematik o’rni to’liq aniqlanmagan ortonektidlar va disie- midlar kiradi. G. ekologik guruh bo’lib, juda xilma-xil jonivorlarni o’z ichiga oladi. Teri-muskul xaltasi, tana organ- larining uchta embrional varaqdan hosil bo’lishi; tanasi oldingi qismining IX- tisoslashib, yopishuv yoki sezgi organ- lari hosil qilishi hamda bilateral simmetriyalik hamma g. uchun xos bo’lgan umumiy belgi hisoblanadi. Parazitlik qilish xususiyatiga binoan g.ni Stasi- onar va fakultativ parazitlarga ajra- tiladi. Birinchi guruhga odam, hayvon va o’simlik parazitlari (tasmasimon chuval- changlar, trematodlar, tikanboshlilar va ko’pchilik nematodalar); ikkinchi guruhga — ko’pchilik zuluklar, ayrim kiprikli chuvalchanglar va nemertinlar kiradi. Li- chinkalik davrida hasharotlar tanasida parazitlik qiladigan, voyaga etgan davri- da esa erkin yashaydigan qilchuvalchanglar G.ning o’ziga xos guruhini hosil qiladi. Parazitlik qiladigan joy- iga binoan g. tashqi — ekto-parazit- lar (monogeneyalar, ko’pchilik zuluklar, nemertinlar va turbellariyalarning bir qismi) hamda Endo-parazitlar (ko’pchilik gelmintlar)ga ajratiladi. Parazit hayot kechirish ta’sirida g.ning harakatlanish, xo’jayin tanasidan tashqarida faol oziq qidirish xususi- yatlari yo’qolgan; bir qancha turlarida hazm sistemasi reduktsiyaga uchragan. Buning o’rniga yopishuv organlari ri- vojlanib, pushti keskin oshgan, rivoj- lanish tsikli murakkablashib, ko’plab potentsial xo’jayinlarni zararlashga imkon beradigan bo’lgan. G. lichinkasi ko’pincha to’la-to’kis yoki qismai asosiy xo’jayin organizmidan tashqarida ri- vojlanadi. Rivojlanish xususiyatiga binoan g. geogelmintlar va Biogel- mintlarga ajratiladi. Geogelmintlar tashqi muhitda, Biogel-mintlar boshqa hayvonlar — oraliq xo’jayin organiz- mida rivojlanadi. Ayrim Biogel- mintlar oraliq xo’jayindan tashqari qo’shimcha, hatto rezerv xo’jayinga ham ega bo’ladi. So’rg’ichlilar va tasmasimon chuvalchanglar sinfiga mansub bir qancha G.da jinsiy ko’payish b-n birga lichinka- lik partenogenez ham uchraydi. Jinsiy va jinssiz gallanib ko’payish turning saqlanib qolish imkoniyatini oshiradi. O’zbekistonda umurtqali hayvoilarda 1000 dan ortiq g. parazitlik qiladi. Ld..Matjonov N. M., Azimov J. A., Gextin V. I., Odam va hayvonlarning ko’rinmas yovlari, T., 1977; Parmonov M., Sayidqulov B., Parmonov J., Epizooto- logiya, T., 1996.