Genetik axborot
Genetik axborot — oqsil moleku- lasining tuzilishi haqidagi axborot- ning DNK (dezoksiribonuklein kislo- ta)da nukleotidlarning birin-ketin kelish tartibi shaklida kimyoviy tilde yozilishi. G. a.niig realizasiya qilinishi replikasiya va transkripsiya holida amalga oshadi. Replikasiya jarayonida DNK oqsil sintezida bevosita ishtirok etmaydi. Ona hujayra bo’linayotganida DNK ham ikkiga ajraladi. Har bir zan- jir qarshisida komplementarlik asosi- da ik-kinchi DNK zanjiri hosil bo’ladi. DNK replikasiyasi deb ataladigan bu jarayon irsiy belgilarning nasldan- naslga o’zgarmay o’tishini ta’minlaydi. G.a. amalga oshishining ikkinchi bosqichi oqsil sintezini boshqaruvchi uch xil RNK (ribonuklein kislota) molekulasining sintez qilinishidan iborat. Bu jarayon transkripsiya (ko’chirib yozish) deyiladi. RNKning barcha turlari yadroda sintezlanadi. Informasion RNK (iRNK) translyasiya jarayonida DNK zanjirlarining biri- da hosil bo’lib, uning ayrim bo’lagidan aniq nusxa ko’chirib oladi. RNK mole- kulasida DNK dan uglevod dezokriboza o’rniga riboza, azotli asos timinning o’rniga urasil bo’lishi hamda bitta zan- jirli ekanligi b-n farq qiladi. iRNK DNKdagi oqsil tuzilishi haqidagi ax- borotni oqsil sintez bo’ladigan ribo- Somaga tashib keltiradi. Oqsil sintezi- da transport RNK (tRNK) ham ishtirok etadi. Bu RNK tsitoplazmadagi amino- kislotalarni ribosomaga etkazib bera- Di. Oqsil sintezida ishtirok etadigan uchinchi molekula — bu ribosomal RNK (rRNK) hisoblanadi. Oqsil sintezi- da iRNK molekulasidagi nukleotidlar tartibi shaklida yozilgan g. a. aminokis- lotalarning oqsil molekulasida joyla- nishi tartibiga o’tkazilishi translyasiya (tarjima qilish) jarayoni deb ataladi.