Genotip

Genotip (gen va Yun. typos — iz, shakl) — muayyan organizm xromosoma- lari va tsitoplazmasidagi barcha genlar majmui. «G.»terminini fanga daniyalik biolog V. Yogansen kiritgan (1909). G keng ma’noda organizm xromosomala- ridagi, shuningdek xromosomalardan tashkari (tsitoplazma va plastida)dagi genlarni ham qamraydi. G. o’zaro ta’- sir ko’rsatadigan genlarning yagona si- stemasi hisoblanadi va undagi har bir genning funktsional faoliyati genetic muhitga bog’liq. G. organizm muhiti b-n o’zaro ta’sirga kirishib, belgining Fe- notipik namoyon bo’lishini ta’minlay- Di. Mas, g’o’zaning antosian rangini Rp — gr geni (ingliz. Red plant — qizil rangli o’simlik) nazorat qiladi (q. An- tosianlar). Bu belgining fenotipik na- moyon bo’lishiga gendan tashqari tashqi muhit omillari, jumladan quyosh nuri ham ta’sir ko’rsatadi. Yoritilganlik darajasiga qarab bir xil g.li (Rp Rp) o’simliklarda belgining fenotipik na- moyon bo’lish darajasi turlicha bo’lishi mumkin. Demak, G. organizm reaktsiya normalari irsiylanishini belgilaydi. G. tor ma’noda faqatgina organizmdagi ma’lum bir belgi rivojlanishini na- zorat qiluvchi genlar guruhini yoxud ay- Rim genlarni bildiradi. Mas, g’o’zada G. simpodiya tiplari bo’yicha SS, Ss (che- klanmagan), ss (cheklangan); barg shakli bo’yicha — 0101 (kertikli), 01 ol (oraliq shaklda), ol o! (chetlari tekis oddiy shak — lda) ko’rinishida belgilanadi. Har ikki belgi bo’yicha esa g. — SS0101, ss ol ol, ss 0101 va b. shakllarda ifodalanadi. Sharifjon Turabekov.