Genuya

Genuya — Italiya shim.dagi shahar, Liguriya dengizining Genuya qo’ltig’i sohilida. Genuya provintsiyasining ma’- muriy markazi, Liguriya viloyatidagi eng katta shahar. Aholisi 700 ming ki- shidan ziyod (1990-y.lar o’rtalari). Ma’- muriy jihatdan yo’ldosh shaharlari b-n birga katta g. deb ataladi. G. mil. AV. 1-a.da ligurlar turar joyi bo’lgan, 3-a. da rimliklar bosib olgan. 16-a.dan is- paniya, so’ngra Avstriya qo’l ostida. 1805 y.da Franiiyaga qo’shib olingan. 1815 y.dan Sardiniya qirolligi tarkibida. G. mamlakatning yirik porti va muqim sanoat markazlaridan. Italiya shim.dagi sanoat r-nlari tashqi savdo aloqalarini G. orqali olib boradi. Mamlakatdagi barcha eksport va importning 1/5 qismi G.dan o’tadi (yuk ortish va tushirish Yi- liga qariyb 50 mln. t). G. orqali chetdan ko’proq neft, kumir, temir, paxta tola- si, yog’och-taxta, don keltiriladi; chetga tayyor sanoat mahsulotlari chiqariladi. G. yo’lovchilar tashiladigan yirik port, t. y., avtomobil va havo yo’llari tuguni. Xalqaro aeroport bor. Katta G.da Itali- yadagi yirik kemasozlik, samolyotsozlik, aviasiya va kema motorlari, turbinalar, qozonlar i. ch., lokomotivsozlik, trak- torsozlik, elektr uskunalari, harbiy sanoat, aniq mexanika, metallurgiya va neftni qayta ishlash sanoatlari joy- lashgan. To’qimachilik, jut, kimyo, oziq- ovqat va b. sanoat korxonalari ham bor. Shaharda bir necha issiqlik elektr markazi, un-t (15-a.), oliy o’quv yurtla- ri, nafis san’at akademiyasi, shahar muzeyi (1892 y.dan), suratlar galereya- si, opera va drama teatrlari va b. ish- lab turibdi. G.ga turistlar ko’p keladi. Me’moriy yodgorliklari ko’p, jumladan Santamariya Di Kastello cherkovi (11-a.), San-Lorenso sobori (11-a.), 16-17-a. larda qurilgan saroylar va b. bor. G. Xristofor Kolumbning vatani.