Geografik atlas

Geografik atlas — geografik xaritalarning umumiy dastur asosida albom shaklida tayyorlanadigan sis- temali to’plami. G. a.ning dastlabki tuplami mil. 2-a.da Klavdiy Ptolemey tomonidan yaratilgan. Xorazmiy bosh- chiligida olimlar er meridiani yoyini o’lchaganlar, xalifa Ma’mun (813— 833) ning ko’rsatmasiga binoan bir kricha xa- ritalar (mas, «dunyo xaritasi») tuzilgan. 10-a.da Arab geograflari al-Istaxriy va Ibn Havqal tomonidan yaratilgan 21 xaritadan iborat «Islom atlasi» deb ataluvchi tuplamda musulmon olami tas- virlangan. G. a.lar 15-a. oxiridan, Buyuk geografik kashfiyotlar er haqidagi ta- savvurlarini kengaytirib, mustamla- kachilik natijasida savdo va dengizda suzish ravnaq topgandan keyin geografik xaritalarga katta ehtiyoj tug’ilgach, keng tarqala boshladi. Atlas xaritagrafiya- sining rivojlanishiga flamand Avraam Orteliy (1527-98), Gerard Merkator (1512-94) va b. salmoqli hissa qo’shgan. «Atlas» termini dastlab 1595 y. geogra- FIK xaritalar to’plamiga nisbatan ish- latilgan. Termin Liviyaning afsonaviy podshohi Atlas nomidan olingan, key- inchalik bu nom ommalashib ketgan. 16-a. oxirida birinchi marta atlaslar maxsus vazifani bajarish uchun nashr etilgan (mas, L. Vagenerning 2 jildli dengiz na- vigasiya xaritalari to’plami, 1584-85). Usha vaqtdan ko’p jildli katta bichimli G. a.lar nashr qilina boshlandi. G. a.lar tuzish 17-a.da Niderlandiyada rivoj top- Di. Semyon Remezov 1701 y. tuzgan «Si- bir chizma kitobi»ni ruslar birinchi rus g. a. deb hisoblaydilar. 18-a.da Pa- Rij, Peterburg va Berlin FAda g. a.lar tuzish etakchi urinni egalladi. 19-a.dan mavzuli (tematik) atlaslar paydo bo’ldi. O’zbekiston hududi tasvirlangan dast- labki xaritalarning to’liq nusxalari 1914 y.da nashr etilgan «Rossiyaning Osiyo qismi atlasi»da berilgan. Hozirgi G. a.larning o’ziga xos xususiyati shunda- ki, ulardagi xaritalar o’zaro uyg’unlikda bo’lib bir-birini to’ldiradi. G. a.lar g’oyatda xilma-xil. Qancha hududni qamrashi (dunyo, ayrim mamla- katlar, viloyatlarning atlaslari), maz- muni (umumiy geografik xaritalar, mavzuli xaritalarning soha atlasla- ri, mas, geologik, iqlim, q. x. atlas- lari), vazifasi (ilmiy ma’lumotno- Mali, o’lkashunoslik, o’quv, turistik, yo’l atlaslari va h. k.) b-n farq qiladi. G. a.lar o’lchami ham har xil: katta at- laslardan (1928 y. nashr etilgan Misr atlasi) cho’ntak atlaslarigacha bor. Nashr etilgan muhim g. a.lar orasida dunyoning katta sovet atlasi (1937-40), dunyo at- lasi (uch jildli, 1954), dengiz atlasi, Dunyo xalqlari atlasi (1964), geografik kashfiyotlar tarixi va tadqiqotlari at- lasi (1959), Antarktida atlasi (1-jild, 1966), Oksford iqtisodiy atlasi (1965), Evropada Chexoslovakiya (1935 va 1966), Italiya (1940), Belgiya (1949), Daniya (1949) va b., Afrikada — Misr (1928), Gana (1949), Marokash (1955), Osiyoda — Hindiston (1957, dastlabki nashri), is- roil (1956-64) va b., AQShda Meyer at- laslari (1911), Kanada (1957), Braziliya (1966) atlaslari va b.ning ahamiyati kat- ta. 1963 y. O’zbekiston atlasi, 1980-81 y.larda O’rta Osiyo respublikalari ichi- da birinchi bo’lib, o’zbek va rus tilla- rida O’zbekiston uquv atlasi, 1982-85 y.larda O’zbekiston FA Geografiya bu- limi tomonidan 2 jildli O’zbekiston Respublikasi ilmiy ma’lumotnomali atlasi nashr qilindi. Atlasning 1-jil- dida O’zbekistonning tabiiy sharoiti va resurelari (geol.si, iqpimi, suv re- surelari, tuprog’i, usimlik va hayvonot dunyosi) aks ettirilgan. Birinchi Mar- ta ekologiyaga oid, bashorat qilish va baholash xaritalari berildi. Atlasning 2-jildida aholi, sanoat, q. x., trans- port, o’rta va oliy ta’lim, sog’liqni sa- klash, rekreasiya, madaniyat va har bir iqtisodiy geografik r-n va b. xaritalar o’z aksini topgan. Toshkent sh.ning 2000 yillik yubileyiga 1983 y. Toshkent G. a. yaratildi. 1984 y. O’zbekiston er tuzish loyiha in-ti tomonidan O’zbekiston Ag- rosanoat kompleksi albomi nashr etil- Di. O’zbekistonning paxtachilik (1985), tibbiyot-geografik (1987) atlaslari tu- zildi. 1999 y. o’zbek va rus tillarida o’quvchilar uchun O’zbekiston Respubli- kasining geografik atlasi nashr etildi. Ld.:Salitshev K. A., Geograficheskie atla- si (Itogi nauki. Kartograficheskiy SB., 1-3, M., 1964-68); Mirzaliev T., Muxit- dinov Sh. M., Bazarbaev A., Atlasnoe kar- tografirovanie v O’zbekistane, T., 1990. Turg’unboy Mirzaliev.