GEOGRAFIK TADQIQOT METODLARI

GEOGRAFIK TADQIQOT METODLARI — geografiya fanlari pred- metini bilishning uslub va usullari majmuasi. G. t. m. yordamida turli xil Ge- ografik ma’lumotlarni adabiyotlardan va bevosita dala sharoitida tadqiqot jarayonida to’plab tahlil qilinadi hamda ulardan fanning metodologiya- sini yaratish, nazariy-ilmiy va amaliy maqsadlarda foydalanish yo’l-yo’riqlari aniklanadi. G. t. m. ilm-fan taraqqiyotini (ta’limot va g’oyalarni) ta’minlaydigan, tadqiqotchining maqsad va vazifalarini maqsadli yo’nalishda amalga oshiradigan eng muhim tadbir. G. t. m. ikki yo’nalishda — tabiiy va yqtisodiy geografik tadqiqot metodlari b-n olib boriladi: Tabiiy geografik metodlar — tabiatda sodir bo’ladigan narsa va hodisalarni, tabiat b-n jamiyat o’rtasidagi munosabat- larni ilmiy bilishda qo’llaniladigan usullar majmuidir. Asosiy metodla- ri: ekspedisiya, stasionar, kuzatish, qiyoslash, xaritagrafik, aerofotogra- FIK, kosmik, matematik, rayonlashtirish va h. k. Ushbu metodlar yordamida aso- san geografik majmua va komponentlar hamda geografik muhit tadqik etiladi. Iqtisodiy geografik metodlar — ja- miyatda sodir bo’ladigan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy o’zgarishlarni na- moyon qilishda qo’llaniladigan usul- lar majmuidir. Asosiy metodlari: statistik ma’lumotlar tahlili, xa- ritagrafik, konstruktiv, model- lashtirish, majmua, kuzatish va h. k. Mazkur metodlar yordamida xo’jalik tarmoqlarini oqilona hududiy tashkil etish va ularni joylashtirish, kishilar- ning qulay yashash sharoitlarini barpo etish, i. ch. sohasida iqtisodiy samara- dorlikni oshirish chora va tadbirlarini taklif etish kabi masala (muammo)lar echiladi.