Geosinklinal

Geosinklinal — yer po`stining jadal cho`kayotgan va dengizdan iborat bo`lib, cho`kindi hamda vulkanik jinslar to`planayotgan uzun cho`zilgan qismlari. Geosinklinallar uch tipga bo`linadi: materik chekkalaridagi geosinklinal (Sharqiy Osiyo geosinklinali), materik o`rtasidagi geosinklinal (O`rta dengiz geosinklinali) va okeanlar orasidagi geosinklinallar (Indoneziya geosinklinali) Geosinklinallar minglab km gacha cho`zilgan bo`ladi, kengligi esa yuzlab km ga, ko`pi bilan ming km ga yetadi, Geosinklinallarning rivojlanishi bosqichli bo`ladi. Uzoq vatq davom etadigan cho`kindi to`planishi bosqichidan keyin tog`lar paydo bo`lishi bosqichi bo`ladi. So`ngra tog`li o`lka yemirila borib, oxiri platformalarga aylanadi.