Gerpes

Gerpes (herpes; lot. herpo —o’rmalab yurmoq) — viruslar qo’zg’atadigan kasal- lik, bunda badanning turli qismida teri qizarib, g’uj-g’uj mayda pufakchalar hosil bo’ladi. Kasallik manbai bemor yoki virus tashuvchi hisoblanib, sog’lom kishiga ular b-n muloqotda bo’lganda yuqadi. Sovqotish, shamollash, intoksi- kasiya, infektsion kasalliklar (gripp, zotiljam va b.) oqibatida paydo bo’lishi mumkin. Oddiy va o’rab oluvchi g. farq qilinadi. Oddiy G. b-n bir yoshgacha bo’lgan bolalar deyarli og’rimaydi (ona- dan o’tgan immunitet hisobiga); keyin- chalik immunitet kuchi susayib, qulay sharoit tug’ilsa, kasallik ro’y berishi mumkin (yangq.Uchuq).O’r a b oluvchi yoki belbog’simon g. (herpes zoster)HH fil- trlanuvchi neyrotrop virus qo’zg’atadi (varicella zoster); u o’zining juda ko’p Xu- susiyatlari b-n suvchechak virusiga o’xshab ketadi, shu bois adabiyotlarda g.ning bu xilini suvchechak virusi qo’zg’atadi dey- iladi. Kasallikning inkubasion davri 7-8 kun, mustaqil yoki biror boshqa ka- sallik (zotiljam, plevrit va b.) asorati sifatida namoyon bo’lishi mumkin. G.ning bu turi faqat katta yoshli kishilarda uch- raydi. Bunda badanning muayyan nervi yoki nerv tarmoklari bo’ylab giperemi- yalangan sohaga, aksariyat tananing bir tomoniga pufakchalar toshadi. Toshmalar toshishidan oldin bemorning ko’ngli behuzur bo’lib, boshi og’riydi, biror nerv poyasi bo’ylab tutib-tutib turadi- gan og’riq hamda xuddi shu joylarning achishib turishi kuzatiladi. Pufakchalar po’sti qattiq, ichi tiniq suyuqlikka to’la bo’ladi, bora-bora suyuqlik loyqalana boshlaydi. Pufakchalar bir-biriga qo’shilib, qator joylashadi, ular atro- Fi qizarib turadi. Pufakchalar ko’z, quloq, qovurg’alararo nervlar, shuning- dek bo’yin, bel nervlari va nerv tarmo- klari bo’ylab toshadi. G. toshgan soha qattiq tortishib og’riydi, pufakchalar yorilib qo’ng’ir qora qo’tir po’stlar hosil bo’ladi. 2-3 haftada kasallik alomat- lari yo’qolib, bemor tuzaladi, ba’zan pufakchalar davriy ravishda yangidan to- shib turishi mumkin. Toshmalar yo’qolib ketgach, shu joylarda muskullar parez» va nevralgiya seziladi. Pufakchalar o’rnida ikkilamchi giperpigmentli dog’lar, og’ir shakllarida esa chandikdi yoki atrofiya- li o’zgarishlar qoladi. Kasallik engil kechganda o’z-o’zidan tuzalib ketishi ham mumkin. O’rab oluvchi g. og’irroq kechgani- da bemor iloji boricha o’rinda yotib vrach nazorati ostida davolaiishi lozim. Be- Morning yoshiga qarab autogemoterapiya, gammaglobulin, antibiotiklar, Vita- minlar, fizioterapiya (ultratovush, Di- atermiya va h.k.) va mahalliy muolajalar (malhamlar) buyuriladi. G.ning oldini olish uchun organizmni chiniqtirish, mavsumga qarab kiyinish (sovqotmaslik yoki juda isib ketmaslik), shaxsiy gigie- na qoidalariga rioya qilish kerak.