Gidrodinamika

Gidrodinamika (gidro… va Di- namika) — mexanikaning siqilmaydigan suyuqliklar harakati va ularning qattiq jismlar b-n o’zaro ta’sirini o’rganadigan bo’limi. G. suyuqliklar va gazlar mexanikasining eng rivojlan- gan qismi bo’lib, gaz dinamikasita oid masalalar ham shu bo’limda o’rganiladi. Suyuqliklarning nazariy modelini tu- zish asosida yotuvchi fizik xossalari katoriga ularning uzluksizligi yoki tu- tashligi, ya’ni suyuqlikni tavsiflovchi fizik ko’rsatkichlarning fazoda uzluk- siz taqsimlanishi, engil harakatlanishi yoki oquvchanligi kiradi. G. nazariyasida tutashlik va oquvchanlikka, shuningdek suyuklik ichidagi ishqalanishni tavsif- lovchi qovushoqlikka ega bo’lgan suyuqlik harakatini tavsiflash uchun uzluksizlik tenglamasi va Nave-Stoks tenglamasi- dan foydalaniladi. Ushbu tenglamalar suyuqlikning elementar hajmiga mas- sa va harakat miqdorining saqlanish qonunlarini tatbiq qilish natijasi- dir. Ularni umumiy holda echish ancha murakkab bo’lib, ayrim xususiy hollarda va ushbu soddalashtiruvchi taxminlar- dagina echim oxi riga etkazilishi mum- kin: qovushoqlik mavjud emas (ideal suyuqlik) — bu hol gidrodinamikaning Eyler tenglamalariga olib keladi; ki- chik qovushoqlik holi (havo, suv), uyurma- siz yoki potentsial oqim; turg’unlashgan, yassi o’qaviy simmetrik bir o’lchamli harakat. Suyuqlik ayrim elementar hajmlarining jadal aralashuvi b-n ifo- dalanuvchi turbulent harakat holida vaqt bo’yicha «o’rtachalashgan» suyuqlik modeli ishlatiladi. G. tenglamalarining ushbu hollar va b. hollarda echishda o’xshashlik mezonlaridan foydalanuvchi o’xshashlik nazariyasiga asoslangan gidrodina- mik tajribalardan foydalaniladi. G. tarkibiga filtrlanish nazariyasi, suyuqlikning to’lqin harakatlari naza- riyasi, uyurmalar nazariyasi, kavitasiya nazariyasi, glissirlash nazariyasi kira- Di. G. usullari vositasida gidravlika, gidrologiya va gidrotexnika masalala- rini hal qilish hamda gidroturbinalar, nasoslar, quvuro’tkazgichlar (trubopro- vodlar) va b.ni muvaffaqiyatli hisoblash mumkin, ulardan samolyotlar va kemalar- ni loyihalashda foydalaniladi.