Gidrogeologiya
Gidrogeologiya (gidro… va Geo- logiya) — er osti suvlari haqidagi fan. Er osti suvlarining tarkibi, xossasi, kelib chiqishi, harakati qonuniyatlari va tarqalishini, xo’jalikka foydasi va zararini o’rganadi, ulardan foydalanish yo’llarini aniqlaydi, texnik tadbir- larni ishlab chiqadi. Er osti suvlari- ni qidirish, miqdori va iste’mol uchun yaroqliligini aniqlash, sug’orish, sanoat korxonalari ehtiyojlarini qondirishda ulardan foydalanish, meliorasiya, botqoq erlarni quritish va har xil muhandislik inshootlarini qurish kabi amaliy masa- lalarni ham hal etadi. G. gidrologiya, geologiya (shu jumladan muhandislik geologiyasi), gidravlika, geofizika, geokimyo, gidrokimyo, iqlimshunoslik, meteorologiya, tuproqshunoslik kabi fan sohalari b-n chambarchas bog’langan; mat., fizika, kimyo fanlari ma’lumot- lariga asoslanadi, shu fanlarning tadqiqot metodlaridan foydalanadi. Er osti suvlari haqidagi bilimlar qadim zamonlardan boshlab to’planib kelgan. Shaharlar bunyodga kelishi va obikor dehqonchilik rasm bo’lishi b-n G. tez rivojlandi. Miloddan 2-3 ming yil avval hoz. O’rta Osiyo va Ozarbay- jon, Misr, Hindiston, Xitoy kabi mamlakatlar hududida 100 m gacha chuqur quduqlardan suv olinganligi ma’- lum. O’sha davrdayoq odamlar mineral suvlar b-n davolangan.. Beruniyning «Otilib chiqayotgan suvlarning tabia- ti to’g’risida» risolasi g. ga oid dast- labki ilmiy asar hisoblanadi. Asarda Ustyurt, Sultonsanjar, Sariqamish, Sul- ton Uvaysdagi buloqlardan chiqayotgan suvlarning tabiati to’g’risida ma’lu- mot berilgan. Uyg’onish davrida er osti suvlari b-n G’arbiy evropalik olim- laridan Agrikola, Palissi, Steno va b. shug’ullandilar. 19-a. oxiri — 20-a. ning boshlarida grunt suvlarining tarqalish qonuniyatlari aniqlandi. 19-a.ning o’rtalarigacha g. geologiyaning tarkibiy qismi bo’lib rivojlandi, keyinroq alohida fan bo’lib ajraldi. G.ning rivojlanishiga frantsuzlardan L. Darsi, J. Dyupyui, nemis olimlari- dan E. Prins, K. Keylxak, X. Xafyor, amerikalik olimlardan A. Xazen, O. Mayntser, A. Leyn, rus geologlaridan S. P. Nikitin, I. V. Mushketov va b., 20-a. ning 20-y.laridan V. P. Savarenskiy va o. Konge salmoqli hissa qo’shdilar. 1925 y.da O’rta Osiyo davlat un-tida O’rta Osiyoda yagona g. kafedrasi tashkil etil- Di. O’zbekiston, Qirg’iziston va tur- kmaniston hududlarida gidrogeologik tadqiqot ishlari olib borildi. 1930 y.da kafedra qoshida er osti suvlari byurosi va bu byuro asosida 1931 y.da O’zbekistan er osti suvlari in-ti tashkil qilindi. O’rta Osiyo, ayniqsa, O’zbekiston hududida keng miqyosda gidrogeologik tadqiqotlar o’tkazildi va O’zbekistan hududining birinchi gidrogeologik xa- ritasi tuzildi. 1934 y.da er osti suvla- ri in-ti Uzbekistonning yagona Gidrome- teorologik xizmati tarkibiga qo’shildi. 1957 y.da O’zbekistonda g. tresti tashkil etildi. Keyingi yillarda bir necha gi- drogeologik muassasalar barpo etildi. 1960 y.da Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti tashkil qilindi. 1960-63 y.larda g.ning meliorativ gidrokimyo, grunt suvlari rejimi va balansi, regional er osti suvlari- ning resurslari, umumiy g. sohasi bo’yicha i. t. ishlari olib borildi. G. kompleks tadkikrtlar olib boruv- chi fan bo’lib quyidagi tarmoqlarni o’z ichiga oladi:umumiy g. — er osti suvla- rining hosil bo’lishi, ularning fizik va kimyoviy xossalari va tog’jinsla- ri b-n o’zaro aloqasini o’rganadi. 20-a. ning 30-40-y.larida umumiy g.ning yangi sohasi paleogidrogeologiya (qad. geologik davrlardagi er osti suvlari haqidagi ta’limot) vujudga keddi; er osti suvlari dinamikasi — tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida er osti suvla- rining harakatini o’rganib, miqdorini aniqlaydi; er osti suvlari tartibi va balansi haqidagi ta’limot er osti suvlaridagi o’zgarishlar (sathi, t-rasi, kimyoviy tarkibi, harakati)ga oiddir; gidrokimyo — er osti suvlari kimyoviy tarkibining vujudga kelish jarayonla- ri va ulardagi kimyoviy elementlarning migrasiya qonunlarini o’rganadi. 1950-y. larda mustaqil yo’nalish olgan radio- gidrogeologiya — er osti suvlarida radioaktiv elementlarning migrasiyasi- ni tadqiq qiladi (A. P. Vinogradov, A. N. Tokarev, A. V. Shcherbakov);mineral sanoat suvlari va termal suvlar to’g’risidagi ta’limot — mineral suv- larning paydo bo’lishi va kimyoviy tar- kibini aniqlaydi, ularning asosiy Ge- netik turlarini tasniflaydi, mineral suvlar manbaini topib, ulardan foy- dalanish yo’llarini o’rganadi; er osti suvlarini qidirish va razvedka qilish — sug’orish va suv b-n ta’minlashni tash- kil qilish, er osti suvlarini toppish borasida ish olib boradi; meliorativ G. — sug’oriladigan va quritiladigan hududlardan q. x.da rasional foydala- nish maqsadida ularning gidrogeologik sharoitlarni yaxshilash metodlarini ishlab chikadi. Sug’orish me’yorlarini aniqlash, q. x.ni suv b-n ta’minlash, er osti suvlari tartibini bashoratlash, tuproqning sho’rlanishiga qarshi kura- shishda meliorativ g.ning ahamiyati katta. O’zbekistonda meliorativ g.ning taraqqiyotiga M. A. Shmidt, O. K. Lan- Ge, N. N. Hojiboev, M. M. Krilov, Q. G’. G’aniev va b. muhim hissa qo’shdilar; foydali qazilma konlarining g.si — er osti suvlarining sanoat ahamiyatini aniqlash, o’rganish, o’zlashtirish, ishga tushirish b-n shug’ullanadi; regional G. — er osti suvlarining turli tabiiy sharoitlarda tarqalish qonuniyatlarini geologik strukturalar b-n bog’liq holda o’rganadi. Regional G. geologik S’em- kaga asoslanadi. G. sanoat suvlaridan yod, brom, bor, strontsiy, litiy, radiy va b. elementlarni ajratib olish, ter- mal va o’ta issiq suv konlarini kidi- rish va razvedka qilish, bu suvlardan shahar hamda aholi yashaydigan joylarni isitish b-n ham shug’ullanadi. Gidroge- ologik tadqiqotlarni Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi in-ti, UzMU, ToshTU ning g. kafedralari olib boradi.