Gidrologiya
Gidrologiya (gidro… va …logiya- dan) — tabiatdagi barcha suv, ya’ni oke- an va dengizlar, Daryo va ko’llar, qor va muzliklar, suv omborlari, botqoqliklar va er osti suvlarini, ularning joy- lashishi, xususiyatlari, o’zaro va atrof tabiiy muhit (atmosfera, litosfera, biosfera) b-n ta’siri natijasida ro’y beradigan hodisalar hamda jarayon- lar qonuniyatlarini o’rganadigan fan. G. o’rganiladigan suv havza (ob’ekt) larining joylashishiga ko’ra okean va dengizlar g.si (okeanologiya yoki okea- nografiya), qurukdik g.siga bo’linadi. Ayrim olimlar er osti suvlari g.si (gi- drogeologiya)»» alohida qism sifatida ajratadilar. Fanning hoz. taraqqiyot bosqichida g. atamasi kuruklik g.sining sinonimi sifatida ishlatiladi. G. dastlab tabiiy geogr., gidrotexnika, geol., navigasiyaning tarmog’i sifatida rivojlandi va ilmiy bilimlar tizimi sifatida esa 20-a. boshida shakllandi. Quruqlik G.si gidrografiya, Gidrome- triya, umumiy g., muhandislik g.si kabi o’zaro bog’liq bo’limlardan iborat. Gidro- grafiya suv ob’ektlarining o’rni, o’ziga xos xususiyatlari, geografik tarqalish qonuniyatlari hamda ulardan xalq xo’jaligida foydalanish imkoniyatlari- ni aniqlab beradi. Gidrometriya G.ning o’lchov ishlarini amalga oshirish usul- larini ishlab chiqish va ularda ishlati- ladigan asbob-uskunalarni yaratish b-n shug’ullanadi. Umumiy G., odatda, daryolar gidrologiyasi (potamologiya), ko’l va suv omborlari g.si (Ko’lshunoslik yoki lim- nologiya), qor va muzliklar g.si (muzshu- noslik yoki glyasiologiya), botqoqlar g.si (botqoqshunoslik yoki talmatologiya)ni o’rganadi. Muhandislik G.si bevosita ilmiy, amaliy masalalarni hal etadi va shu maqsadda suv ob’ektlarining Di- namikasini, ularning turli gidrologik ko’rsatkichlarini hisoblash hamda basho- rat qilish usullarini ishlab chiqish b-n shug’ullanadi. Muhandislik G.si tarki- bida o’zan jarayonlari va o’zan oqimi Dina- mikasi, gidrologik hisoblashlar, gidro- logik bashoratlar alohida fan sifatida shakllandi va jadal rivojlanmoqda. O’zan jarayonlari va o’zan oqimi Dina- mikasi suv massalarining harakati, to’lqinlar, ular ta’siri natijasida ku- zatiladigan o’zan emirilishi, oqiziqlar rejimi, shu jarayonlar b-n bog’liq holda o’zan shakli va qiyofasining o’zgarib tu- rishini, ularning turlarini o’rganadi. Suv transporta harakatini ta’minlash, suv inshootlari (to’g’onlar, ko’priklar) ni qurish uchun tegishli xulosalar chiqaradi. Gidrologik hisoblashlar Daryo oqimining ko’rsatkichlari (oqim me’yo- ri, eng katta va eng kichik suv sarflari, oqimning yil davomida taqsimlanishi, oqim o’zgaruvchanligi)ni anikdash b-n shug’ullanadi. Gidrologik bashoratlar G.ning amaliy bo’limi bo’lib, gidrologik jarayonlarni oldindan aytib berish (ba- shorat qilish) usullarini ishlab chiqadi. G. fani oldida suv zaxiralari va atrof muhit muhofazasiga taalluqli bo’lgan quyidagi vazifalar paydo bo’ldi: 1) suv zaxiralarini miqdor va sifat jihatdan tejash va muhofaza qilish; 2) tabiat va antropogen omillar ta’sirida ularning o’zgarish qonuniyatlarini o’rganish; 3) amalga oshirilayotgan suv xo’jaligi tad- birlari (meliorasiya, irrigasiya, gidro- energetika, suv zaxiralarini hududlar bo’yicha qayta taqsimlash va h. k.)ni iqtisodiy va ekologiya nuqtai nazaridan asoslash uchun kerakli gidrologik ma’- lumotlar b-n ta’minlash. Ushbu muammo- lar zamirida g.ning yangi yo’nalishlari — gidroekologiya, meliorativ gidro- logiya (sug’oriladigan hududlar gidro- logiyasi yoki agrogidrologiya) alohida fan sifatida shakllanmoqda. G.ning suv havzalarida kechadigan tabiiy (fizik), kimyoviy va biologik jarayonlarni hamda ulardagi suv massalarining tabiiy (Fi- zik) xususiyatlarini, sifatini, biolo- gik zaxiralarini o’rganadigan qismlari gidrofizika, gidronime, gidrobiologiya deb ataladi. Suv havzalarining hosil bo’lishi, rivojlanishi va hududlar bo’yicha taqsimlanishi, shuningdek, ularning gidrologik tartibi tabiiy mintaqalarga xos bo’lgan — zonal va xos bo’lmagan — azonal omillar (joyning relefi, geologik tuzilishi)ga bog’liq. Ularni o’rganishda g. iqlimshunoslik, meteorologiya, geologiya, gidrogeolo- giya, geomorfologiya, tabiiy geogr. Kabi fanlar ma’lumotlariga tayanadi. Suv havzalarida kechadigan harakatlar (suv oqimlari) qonuniyatlarini o’rganishda G. gidrodinamika, gidravlika fanlari usullaridan, gidrologik hisoblashlar va bashoratlarda esa aerokosmik va matematik usullardan, zamonaviy hisoblash mashinalaridan keng foydala- nadi. O’zRda tog’li hamda sug’oriladigan hududlar g.si bo’yicha amalga oshiril- gan i. t. ishlari natijalari jahon miqyosida tan olingan. Bunda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Boshgidromet hamda O’rta Osiyo regional ilmich tadqiqot in-ti, O’rta Osiyo irrigasiya ilmiy tadqiqot in-ti, O’zbekiston FA suv muammola- ri in-ti, Geologiya va geofizika in-ti, «O’zsuvloyiha» in-ti, «Toshsuvloyiha» in-ti, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zMU hamda Toshkent irrigasiya va q. x.ni mexanizasiyalashtirish muhandislari in-tining quruqlik gidrologiyasi kafe- dralari olimlarining hissalari katta. Ld:Rasulov A. R., Hikmatov F. H ., Umumiy gidrologiya, T., 1995. Fazliddin Hikmatov, Davletboy Aytbo- eV.