Gidrostatik paradoks, gidrostatik zidlik
Gidrostatik paradoks, gidrostatik zidlik —muayyan idishga quyilgan suyuqlikning og’irligi idish tubiga ta’sir qiladigan bosim kuchi- dan farq qilish hodisasi. Mac, yuqoriga tomon uchi kengayib boradigan idish tubiga ta’sir qiladigan bosim kuchi suyuqlikning og’irligiga nisbatan ki- chik; uchi torayib boradigan idishda esa, aksincha; katta, dumaloq (tsilindrik) idishda ikkala kuch bir-biriga teng bo’ladi. Bunga sabab shuki, gidrostatik bosim» idish devorlariga tik (normal) ta’sir qiladi, qiya devorlarga ta’sir qiladigan bosim kuchi vertikal tashkil etuvchi kuchga ega bo’ladi. Ana shu kuch idish 1 dagiga nisbatan idish 3 dagi ortiqcha suyuqlik hajmining va idish 2 dagi etishmayottan suyuqdik hajmining o’rnini qoplaydi. G. p.ni frantsuz olimi B. Paskal 1654 y.da topgan.