Gidrotexnik beton

Gidrotexnik beton – doimiy yoki davriy ravishda suv bilan yuviladigan inshootlar yoki ular qismlarini qurishda qo’llaniladigan maxsus beton turi. Gidrotexnik beton yuqorida ta’kidlangan sharoitlarda inshootlarning uzoqqa chidamliligini ta’minlovchi kompleks xossalarga ega.