GIDROTEXNIKA INSHOOTLARI

GIDROTEXNIKA INSHOOTLARI -suv resurslaridan foydalanish yoki suvning emirish ta’siriga qarshi kurash uchun quriladigan inshootlar. G. i. vazifasi bo’yicha 2 guruhga —umumiy ahamiyatga ega bo’lgan va maxsus insho- otlarga bo’linadi.Umumiy ahamiyatga ega bo’lgan g. i. tarkibigasuv damlagich, suv olgich, suv tashlama va suv rostla- gich inshootlari kiradi. Suv damlagich- lar (to’g’on, damba) inshootning oldi va orqasida suv bosimi yoki suv sathida farqlar hosil qiladi. Suv olgich (suv qabul qilgich) inshootlar suvni manba (Daryo, ko’l, suv ombori va sh. k.)dan ka- nallarga oqizish uchun xizmat qiladi. Suv o’tkazgich (vodovod) suvni tegish- li joylar (kanal, Nov, akveduk, dyuker, quvurlar, gidrotexnika tunellari)ga yo’naltirish maqsadida quriladi; tu- tashtiruvchi inshootlar (suv tushirgich, tezoqar, shovva, kanal rostlagichlari) g. i. turli qismlarining ravon birlashi- shini ta’minlaydi. Suv tashlama insho- otlar suv omborlari, kanallar, bosim- li havzalardan ortiqcha suvni chiqarib yuborishga xizmat qiladi. Chiqarib (tashlab) yuboriladigan suv miqdorini rostlash uchun suv tashlama inshootlar- ga zulfinlar o’rnatiladi. Rostlagich (yo’naltirgich) inshootlar suv oqimi tabiiy sharoitlarini o’zgartirish va yaxshilashga, o’zan va qirg’oqlarni yuvi- lib ketishdan, oqiziqlarning to’planib qolishidan, muz ta’siri va b.dan himoya qilishga mo’ljallangan. Maxsus G. i. gidroenergetika (gidroelektr stantsiya binolari, bosimli havzalar va sh. k.), suv transporti (kema kutargich shlyuz- lar, pristanlar va b.) inshootlari, me- liorativ (magistral va taqsimlovchi kanallar, suvni kerakli balandlikka ko’tarish uchun nasos stantsiyasi, kol- lektor-drenaj tarmogi, tindirgich, suv taqsimlagichlar, suv o’lchash qurilmalari va b.) inshootlar, suv ta’minoti hamda kanalizasiya inshootlari va b. kiradi. G.i. vazifasiga ko’ra asosiy (to’g’onlar, bosimli devorlar, suv tashlama, rostlash inshootlari, tunnellar va b.) va yordamchi inshootlar (muzdan himoya inshootlari, ajratish devorlari va b.)ga bo’linadi. G.i. kapitalligi bo’yicha 4 darajaga (4daraja- ga yordamchi inshootlar kiradi) bo’linadi. Qabul qilingan kapitallik darajasiga muvofiq g. i.ning mustahkamlik daraja- si, ya’ni chidamlilik va barqarorlilik darajasi aniqpanadi, hisobiy maksimal suv sarfi (l/s yoki m’/s), qurilish Mate- riallariga talablar belgilanadi. G.i. boshqa muhandislik inshootlardan do- imiy ravishda oqib yoki tinch turgan suv ta’siri ostida bo’lishi b-n farqlanadi. Suv G.i.ga mexanik (statistik va Dina- mik yuk, suvning zilzila paytidagi bo- simi, filtrasiya bosimi, muz bosimi, oqiziqlarning emirish ta’siri va b.), fizik va kimyoviy (materiallarning zan- glashi, gruntdagi tuzlar erishi, katta tez- lik va vakuum paydo bo’ladigan kvitasiya va b.), biologik (o’t o’sishi va b.) ta’sir o’tkazadi. Shu sababli g.i. qurishda Max- sus gidrotexnik beton, temir-beton va b. pishiq materiallar qo’llaniladi. G.i.dan foydalanishda zamonaviy avtomatika va telemexanika vositalari qo’llaniladi.