GIPERION
GIPERION (yunon mifologiyasidagi Pahlavon Giperion nomidan) — Saturnning yettinchi (VII) tabiiy yo’ldoshi. Amerika astronomi F. Bond 1848 yilda kashf etgan. Diametri 350 kilometr; oddiy ko’zga ko’rinmaydi (uni faqat kuchli teleskoplar yordamida olingan fotosuratlarda ko’rish mumkin). Saturndan uzoqligi 1,48 million kilometr, siderik aylanish davri 2 sutka 6 soat 39 minut.