Gipertrofiya

Gipertrofiya (giper… va Yun. trophe — oziqlanish) — a’zoning to’qima elementlari (hujayralar, muskul to- lalari) o’sishi oqibatida shu a’zo yoki uning biror qismining kattalashib ke- tishi. G.ga asosan a’zoning zo’r berib ishlashi sabab bo’ladi. Chin va soxta, Fi- ziologik va patologik g. farq qilinadi. Chin G. a’zo parenximasi hisobiga ro’y bersa, soxta g. a’zoda oraliq va yog’to’qima vujudga kelishiga bog’liq. Soxta G.da a’zo funktsiyasi kuchaymay, balki susaya- Di. Mas, jismoniy ish b-n shug’ullanuvchi sog’lom kishilarda, shuningdek, sport- chilarda doimiy zo’riqish ta’sirida skelet va yurak muskullari kattalashib ketadi (fiziologik g.). Ba’zi patologik G. (kasallik oqibatida kelib chiqadigan G.) ham yuqoridagiga o’xshash ro’y beradi. Yurak-tomir sistemasi (yurak porokla- ri, gipertoniya kasalligi) va ba’zi o’pka kasalliklarida patologik g. kuzatiladi. Juft a’zolar (mas, buyrak) ning bittasi olib tashlansa ikkinchisi kattalashib, uning vazifasini bajara boshlaydi, ya’ni g. boshlanadi (qoplama g.). Neyro- endokrin buzilishlar ham patologik g.ga sabab bo’ladi (q. Akromegamiya, Girsu- tizm).