Gipoksiya
Gipoksiya (gipo… va lot. oxygenium — kislorod), an oksiya, kis- lorod tanqisligi — organizmda yoki ayrim a’zo va to’qimalarda kislorod etishmasligi yoki qabul qilinishining buzilishidan kelib chiqadigan kasal- lik holati. G. nafas olinayotgan havoda kislorod etishmaganida (mas, baland- likka ko’tarilganda), er ostida ish- laganda, nafas yo’llariga yot jismlar tiqilib qolganda, bronxlar spazmida va b. hollarda ro’y berishi mumkin. G. juda ko’p kuzatiladi va turli-tuman nosog’lom (patologik) jarayonlar asosini tashkil etadi. G. o’tkir, bir lahza (oniy) hamda surunkali bo’lishi mumkin. Engil G.da ham xuddi mastlikka o’xshash qo’zg’alish holati, oliy nerv faoliyati, yurak va na- fas sistemasida sezilarli o’zgarishlar sodir bo’ladi. Birdan ro’y bergan g.da bosh og’rig’i, bosh aylanishi, ko’ngil ay- nishi, yurak va nafas faoliyatining iz- dan chiqishi kuzatiladi. Hatto qisqa muddat bosh miyaning kislorod b-n ta’- minlanmasligi og’ir oqibatlarga olib kelishi ham mumkin. O’tkir G. ko’p qon yo’qotilganda, miokard infark-mujxa va b. og’ir holatlarda, shuningdek, qonning to’qimalarga kislorod tashish xususi- yati buzilishiga olib keluvchi is gazi b-n zaharlanganda ro’y beradi. Surunka- li g. yurak faoliyatining zaiflashishi va to’qimalarning qon b-n ta’minlan- masligiga sabab bo’ladigan yurak poro-klari, kardioskleroz kasalligida pay- do bo’lishi mumkin. Ba’zi vitaminlar etishmasligi ham g.ga sabab bo’la oladi. G.ning oldini olish uchun unga chidamli- likni oshiradigan maxsus mashg’ulotlar olib boriladi. Davo asosan g.ga sabab bo’lgan omillarni bartaraf etishdan iborat.