Gipostil

Gipostil (Yun. hypostylos — ustunlar yordamida ko’tarilgan) — usti yopiq hashamatli xona (ibodatxona yoki sa- Roy zali) shiftining kolonnalar qatori ustiga tayantirib joylashtirilishi. G. yoki g.li zallar qad. Sharq me’morligida (Misr, Eron) keng qo’llanilgan. Karna- kaat Amon ibodatxonasi (mil. AV. 13-a. oxiri) g. zalining eni 103 m, ichkarisi 52 m, maydoni 5000 m2 ga yaqin bo’lgan. Tomi 16 qatorli har bir qatori 10 ta ko- lonnadaga tayangan. Markaziy nefida 6 qatorli, (Qar birida 2 tadan) kolonnalar bo’lgan. Markaziy kolonnalar bal. 20,4 m, diametri 3,4 m. Kapiteli ochilgan Pa- pirus guliga o’xshash. Yon tomonidagi ko- lonnalar bal. 16 m, g’unchasimon kapiteli tosh bloklarni berkitib turibdi. Har bir kolonnaga muqaddas Amon xudosini ulug’lovchi tasvirlar ishlangan. Maydo- ni kengdek, shifti esa go’yo havoda parvoz qilayotgandek tuyuladi.