Gipotrofiya

Gipotrofiya (gipo… va Yun. trophe — ovqat, oziq) — bolalar ovqatlanishining surunkasiga buzili- shi natijasida ularning asta-sekin ozib ketishi. G. asosan yosh bolalar (go’daklar) da uchraydi, onaning turli kasalliklari oqibatida homilada ham paydo bo’lishi mumkin. Ona suti kam bo’lib, bolaning och qolishi, noto’g’ri emizish, kam va bir xil ovqatlar, shuningdek, anchagacha sut aralashmalari b-n ovkatlantirish, bo- lani noto’g’ri parvarish qilish, chala tug’ilish, toza havoda kam bo’lish, me’da- ichak yo’lining irsiy yoki orttirilgan kasalliklari, bot-bot shamollash g. ga sabab bo’ladi. Bola organizmiga etarli ovqat tushmasligi bois u o’zining zaxira oqsillari, yog’lari, uglevodlari va b.ni sarflay boshlaydi, natijada organism juda ochiqib, holsizlanib qoladi. Suyak sistemasining shakllanishi, moddalar almashinuvi, turli a’zolar va nerv si- stemasining funktsiyasi buziladi, bola organizmining turli kasalliklarga qarshiligi susayadi. G.da bolaning vazni kamayadi, o’sishi va rivojlanishi sekin- lashadi, terisi burishib okaradi, yum- shaydi, quruq bo’lib qoladi, dardga tez chalinadi. G.ni faqat vrach davolaydi. Bolani iloji boricha ko’krak suti b-n boqish va u emgan sut miqdorini nazo- rat qilib borish, bola boqish tartibla- riga amal qilish va o’z vaqtida qo’shimcha ovqatlar berish, iloji boricha bolani ochiq xavodan bahramand etish, kasalli- klarni o’z vaqtida davolatish zarur.