GIRVONSOY

GIRVONSOY, Buloqsoy — Namangan viloyati Chust tumaniaat soy. Chatqol tog’tizmasining Janubiy-Sharqiy yon bag’ridan boshlanadi. Uzunligi 16 kilometr, havzasining maydoni 59 kilometr kvadrat. Girvonsoy juda kamsuv, yuqori qismida oz miqdorda buloq suvi oqadi, o’rta va quyi qismi ko’pincha, qurib yotadi. Kuchli jala yoqqan vaqtlarda Girvonsoyning suvi ko’payadi.