GIYOHVANDLIK VOSITALARI
GIYOHVANDLIK VOSITALARI maxsus ro’yxatga kiritilgan va davlat tomonidan nazoratga olingan, giyohvandlikni keltirib chikaruv- chi sintetik vosita (preparat)lar va o’simliklar. G. v. ro’yxati BMTning 1988 y.gi «giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar b-n qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi ku- rash to’g’risida»gi konventsiyasida, shu- ningdek, g. v. ustidan nazorat qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi dav- lat komissiyasining qaroriga (1995 y. 1 apr.) 1-sonli ilovada berilgan. G. v.lar sirasiga marixuana, nasha, kannabis smolasi, nasha moyi, qoradori, mor- fin, geroin, kodein, efedron, kokain va b. kiradi. G. v.dan tibbiy maqsadlarda foydalanilganda O’zbekiston Respu- blikasi Sog’liqni saqlash vazirligi to- monidan belgilangan tartibga kat’iy rioya etilishi kerak. G. v. b-n erkin mu- omala qilish taqiqlangan. O’zbekiston Respublikasining 1999 y. 19 avg. dagi «Giyohvandlik vositalari va psixo- trop moddalar to’g’risida»gi qonuniga binoan, ularni veterinariya, ilmiy va o’quv maqsadlarida, ekspertlik faoliya- tida, jismoniy shaxslarga berish va b. maqsadlarda muomalada bo’lish shartlari va tartibi O’zbekiston Respublikasi va- zirlar Mahkamasi tomonidan tasdikla- nadi. G. v.ni o’tkazish maqsadini ko’zlamay, oz miqdorda, g’ayriqonuniy tarzda tayyor- lash, olish, saqlash, tashish yoki jo’natish uchun ma’muriy javobgarlik belgilan- gan (O’zR MJK, 56-modda). O’zbekiston Respublikasi JKda tarkibida g. v. bo’lgan ekinlarni ekish yoki etishtirish (270-modda), qonunga xilof ravishda egallash (271-modda), o’tkazish maqsadini ko’zlab tayyorlash, olish, saklash, tashish, jo’natish (273-modda), g. v.ni iste’mol qilishga jalb etish (274-modda), ular- ni i. ch. yoki foydalanish qoidalarini buzish (275-modda), o’tkazish maqsadini ko’zlamay, qonunga xilof ravishda tay- yorlash, egallash, saqlash va b. harakatlar (276-modda) uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. «Giyohvandlik vositasi bo’lgan o’simliklarni ekish», deyilgan- da ularning urug’ini maxsus tayyorlan- gan erga sepish yoki ko’chatini o’tqazish tushuniladi va shu harakatlarning o’zi shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish- ga asos bo’ladi. «Giyohvandlik vosita- si bo’lgan o’simliklarni etishtirish», deyilganda har qanday erda ekilgan yoki o’zi unib chiqib, o’sib yotgan shun- Day o’simliklarni parvarish qilish (sug’orish, chopish, o’g’it berish va h.k.) tushuniladi. «G. v.ni konunga xilof ravishda egallash», deyilganda ularni o’g’rilik, firibgarlik, o’zlashtirish, ta- lonchilik, mansabni suiiste’mol etish, tovlamachilik, bosqinchilik kabi yo’llar b-n egallash tushuniladi. G. v.ni o’tkazish maqsadini ko’zlab tayyorlagan, olgan, saqlagan, tashigan shaxs, agar shunday harakatni birinchi marta sodir etgan bo’lsa va ular miqsori ko’p bo’lmasa, o’z ixtiyori b-n aybini bo’yniga olib ke- lib, g. v.ni topshirsa, jazodan ozod qilinadi (273-modda). G. v.ning konun- ga xilof ravishda muomalada bo’lishiga yo’l qo’ygan yuridik shaxs sudning ka- roriga binoan tugatilishi mumkin. G. v. ishlab chiqarish va ular b-n qonunga xilof ravishda muoma- la qilish og’ir jinoyatchilikni, Ji- Noiy biznesni keltirib chiqaradi. Mamajon Usmonaliev.