Gliptika

Gliptika (Yun. qlypho — kesa- man) — qimmatbaho, yarim qimmatbaho toshlarga naqsh yoki tasvir o’yish san’a — ti; amaliy bezak san’ati turi. G. asari Gemma qadimdan muhr (egalik belgisi), tumor va taqinchoq vazifasini o’tagan. Mil. AV. 4-ming yillikda Mesopota- miya, qad. Misr, G’arbiy Osiyoda vujud- ga kelgan, Yunoniston, qad. Rimda yuk- sak taraqqiy etgan. Gemma tasvirlari (hayvon va qushlar, Xudo va qahramonlar qiyofasi, afsonaviy sahnalar) ixcham kompozisiyasi b-n ajralib turadi. O’rta asrlarda g. asosan Sharqda ri- vojlangan. Vizantiyada qad. an’analar saqlangani holda tekis yuzali, keyin- chalik uslublashtirilgan shakllarga aylangan nafis chizmaga moyillik xos. Musulmon sharqida yozuvli Gemma (Inta- liya)lar keng tarqalgan; husnixatli nozik matnlar Xitoy muhrlarini bezagan. Evro- pada Uyg’onish davrida g. yanada rivojla- nadi, kad. G.dan nusxa ko’chirish b-n birga G.da zamondoshlarning portretlari ham yaratiladi, etakchi o’rinda Italiya ustala- ri turadi (V. Belli, J. Bernardi va b.). O’rta Osiyodan topilgan arxeologik to- pilmalar (O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyida saqlanayotgan g. namunalari) da hukmdorlarning tasvirlari, shuning- dek, o’simlik, hayvonlarning shakllari ishlangan tamg’alar bo’lib, yunon g.siga taklidan tayyorlangan. Bunday G. asar- lari Kavkaz, Eron, Afg’oniston, shim. Hindistondan ham topilgan. Islom dini tarqalganidan keyin tasvirlar o’rnini naqsh va yozuvlar egallagan. O’zbekistan hududidan uzuk ko’zi yoki munchoq sifati- da ishlangan qad. G. namunalari (Afro- Siyob, mil. AV. 6-5-a.lar, jumladan toj kiygan erkak tasviri) topilgan.