Gommoz

Gommoz (Frans. gomma — elim), elim oqishi — asosan daraxtlar (danak- mevalilar, tsitruslar, tut daraxti va b.), shuningdek, o’tsimon o’simliklar (g’o’za, kunjut va b.)da uchraydigan bakterial kasallik. G. cho’ziluvchan, qahrabo-sariq yoki qo’ng’ir rangli shilimshiq modda AJ- ralishi b-n kechadi. O’sish uchun noqulay sharoitlar, sovuq urishi, o’simlikning tashki ta’sirlar oqibatida jarohat olishi (po’stlog’ining shilinib keti- shi), hasharotlarning zararlashi va b. sabablar tufayli paydo bo’ladi. G. ko’proq g’o’zaga zarar etkazadi va kasal- likni Xanthomonas malvacearum Smith, bakteriyasi qo’zg’atadi. Kasallik g’o’za nihollik davrida boshlanib, uning ri- vojlanishi o’sish davri oxirigacha da- vom etadi. U g’o’za bargi, poyasida dog’lar paydo qiladi. Kasallangan shoxlar sinadi, ko’sak esa burishib ochilmay, qotib qoladi, natijada sarg’ayib, nobud bo’ladi. Hasharotlar va sug’oriladigan suv orqali tarqaladi. O’simlik qoldiqlari va tuproqsa saklanadi. O’simlik bunday kasallikka uchraganda hosildorlik 60% gacha pasayib ketadi. Kurash choralari: g’uzapoya qoldiqlarini yig’ishtirib yuqotish; kuzgi shudgor- ni chuqur o’tkazish; urug’likni kasal- lanmagan dalalardan tayyorlash va uni ekishdan oldin kimyoviy preparatlar (bronokot 6-7 kg/t) yoki nikamizalon (7 kg/t) b-n dorilash; danakmevali da- raxtlar agrotexnikasini to’g’ri tashkil etish, quyoshda kuyish va sovuq urishi- ning oldini olish, daraxtlarni qoidaga muvofiq butash; tsitrus ekinlarida tuproqni yaxshi drenajlash, o’simlikni to’g’ri oziqlantirish, shuningdek, Bordo suyuqligi purkash, po’stloq shilingan joylarni tozalab, bog’malhami surkash. Sulton Alimuhamedov.