Gomosentrik nurlar dastasi

Gomosentrik nurlar dastasi (gomo… va lot. centrum — Mar- kaz) — yorug’lik nurlari yoki ularning davomi bir nuqtada kesishadigan nur- lar dastasi. Nurlarning tuplanish yoki tarqalish nuqtasi fokus deyiladi. Nur- larga nisbatan to’lqin sirt ortogonal (sferik sirt) bo’lgani uchun g.n.D.ga sfe- rik to’lqin sirt mos keladi. G.n.D.ning xususiy holi parallel nurlar dastasi bo’lib, unga cheksizlikda yotuvchi fokus va tekis Tulqin sirt mos keladi. Agar ixtiyoriy egri sirt elementlaridan tarqalayotgan nurlar bir-biriga tik ikki to’g’ri chiziq (fokal chiziq)da yotuv- chi nuqtalarda kesishsa, bunday nurlar astigmatik nurlar deyiladi. Astigma- tik nurlar dastasi hech qaerda nuqtali fokus hosil qilmaydi. Fokal chiziqlar orasidagi masofa astigmatik farq deb ataladi. Astigmatik farq kamaya borsa, fokal chiziklar bir-biriga yaqinlashadi va ular qisqara borib, ustma-ust tushadi, natijada astigmatik nur g.n.D.ga aylana- Di. Difraktsiya hodisasi tufayli aniq G.n.D.ni hosil qilish qiyin. G.n.D. op- tik sistemadan o’tganda yana g.n.D. hosil bo’lsa, optik sistema aniq tasvir hosil qiladi. Fotografiya, radiotexnika va b. sohalarda g.n.D.ning amaliy ahamiyati katta.