GORN

GORN — burun, Janubiy Amerikaning eng Janubiy nuqtasi. Gorn orolida, olovli yer arxipelagining janla joylashgan (55° 59′ j.k. va 67° 16′ G’.u.). Gorn dengiz sathidan 150 metr tik ko’tarilgan qoyatoshlardan iborat. Gorn rayonida kuchli bo’ron va tumanlar bo’ladi. Gornda yevropaliklardan dastlab 1616 yilda golland sayyohlari Ya. Lemer va V. Sxauten bo’lgan. Sxautenning vatani — Gorn shahri nomi bilan atalgan. Gorn Gorn Burni (Chili) milliy parki hududida.