Gotika

Gotika (ital. gotico — german qabilalaridan gotlar nomidan), gotika uslubi — G’arbiy, Markaziy va qisman Sharqiy Evropa mamlakatlarida o’rta asrlar san’atida hukm surgan badiiy uslub. «G.»termini Uyg’onish davrida qo’llanila boshlagan. 12-a.da roman US- lubi o’rniga yuzaga kelgan. G.da etakchi o’rinni me’morlik egalladi, unda me’- morlik, haykaltaroshlik va rangtasvir (asosan vitraj)ning uyg’unligi buyuk na- munasi bo’lgan ibodatxona alohida o’rin tutadi. Ibodatxona qurishning yangi loyiha tizimi ishlab chiqildi: bosh tar- zi uchli ravoqli va gumbazlari qovurg’ali (nervyur), og’irligi arkbutanlar orqali tashqi devor va tayanch ustunlar (kon- trfors)ga o’tkazilgan sinchli tuzilma. Gumbaz to’shamalari engil qalamalar b-n to’ldirilgan, ustun oralaridagi Yi- rik oynalar vitrajlar b-n bezatilgan, g’arbiy tarzida minoralar (bal. 150 m gacha) qurilgan. Bu yangi loyiha neflar kengligi va bino balandligini birmuncha oshirgan. Shuning hisobiga inshoot en- gil, mujassamotiga ko’ra ko’kka cho’zilgan. Ichi va tashqarisi haykallar va nafis tosh o’ymakori bezaklar b-n bezatilgan. Mujassamotida panjarali baland Mino- ralar muhim o’rin tutgan. G. me’morligi- ga uchli vimperglar, deraza va peshtoqlar, doira shaklidagi oynalar, bezak qism (fial)lar va sh.k. me’moriy shakllar xos. G. 12-a. o’rtalarida shim. Frantsiyada yuzaga keldi. 13-a. 1-yarmida yuksak da- rajada rivojlandi. Shu erda g.ning tosh ibodatxonalari o’zining mumtoz shakliga ega bo’ldi. Bibi Maryam ibo- datxonasi (Notrdam, 1163-1257), Shartr (1194-1260), Reyms (1211-1311), Amen (1220-88) va b.dagi ibodat- xonalar g.ning yuksak namunasidir. Niderlandiya, Shim. Germaniya, Skan- dinaviya, Ispaniya, Italiya, Polsha, Chexiya, Latviya, Estoniya va b. joylar- da ham g. mahalliy an’analar ta’si- rida rivojlandi. G.ning ilg’or usul- lari Uyg’onish davri va barokko me’- morligiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. G. tasviriy san’ati diniy va dunyo- viy dunyoqarashlardagi uyg’unlikni saqlagan holda rivojlandi, ayni vaqtda voqelikni uning hodisalari b-n birga aks ettirishga intildi. Ibodatxona- lar bezagida haykal va releflar (mas. Reyms ibodatxonasida 2300 dan ortiq haykal), vitrajlar (Sen-Deni, Shartr va b.da) keng qo’llanilgan, tasviriy san’at asarlari me’moriy mujassa- motga bo’ysundirilgan. Diniy mavzu- dagi asarlar b-n bir qatorda maishiy lavhalar, mehnat jarayoni aks etgan, ba’zan hajviy lavhalar ham uchraydi (Parij, Amen, Strasburg va b. joy- lardagi ibodatxonalar). Amaliy bezak san’ati yuksak darajada rivojlandi: tosh va fil suyagi o’ymakorligi, metall buyumlar, emal va sh.k. Rangtasvir- da nisbatan kitob miniatyurasi keng taraqqiy etdi, unda tarixiy va mai- shiy lavhalar haqqoniy aks ettirildi. O’zbekistan hududida 19-a. oxi- ri — 20-a. boshlarida g. uslub-bel- gilari me’morlikda paydo bo’ldi (mas, Toshkent sh.dagi Kirxa binosi). Ne’mat Abdullaev.