G’OVAKLIK

G’OVAKLIK, tog’ jinslarining g’ovakligi — tog’ jinslari ichidagi bo’shliq (g’ovaklar, yoriq) lar yig’indisi. Ularga suyuqlik va gazlar joylashadi. Shakliga ko’ra g’ovaklar pufaksimon, kanalsimon, yoriqsimon, shoxsimon bo’ladi. G’ovaklikning umumiy, ochiq, yopiq turlari mavjud. Umumiy G’ovaklik tog’ jinslari ichidagi hamma g’ovaklar yig’indisidir. Ochiq G’ovaklik — o’zaro tutashgan g’ovaklar hajmi. Yopiq G’ovaklik — o’zaro tutash bo’lmagan, yopiq g’ovaklar yig’indisidir. Neft geologiyasida foydali va dinamik G’ovaklik farq qilinadi. Foydali G’ovaklik — suyuqlik sizilayotgan g’ovaklar yig’indisi. Dinamik G’ovaklik muayyan bosim va temperaturada to’yintiradigan suyuqlik yoki gazlar o’tadigan G’ovakliklar hajmi, har doim umumiy G’ovaklikdan kichik bo’ladi. G’ovaklik o’lchami tog’ jinslarining moddiy tarkibi bilan uzviy bog’langan bo’lib, balchiq. sof tuproqlarda 80% gacha; chiqindi tog’ jinslari (ohaktosh, dolomit, qumtoshlar)da 1% dan 35% gacha; vulkanogen-cho’kindi tog’ jinslari (tufqumtoshlar, tuffitlar)da 5-20% chamasi, magmatik tog’ jinslarida 5% dan ko’p emas. Chuqurlik ortgan sari tog’jinslari (ayniqsa. cho’kindi tog’jinslari) G’ovaklik ligi, odatda, kamaya boradi va katta chuqurliklarda kam ahamiyatga ega. G’ovaklik tog’jinslarining fizik xususiyatlari: mustahkamlik, siqilish imkoniya-ti, elektrik va boshqa parametrlarini aniqlaydi. Paydo bo’lishiga ko’ra birlamchi va ikkilamchi G’ovaklik. farqlanadi. Birlamchi G’ovaklik cho’kindilarning to’planish sharoitiga bog’liq, cho’kindi jinslarning hosil bo’lish jarayonida yuzaga keladi va asta-sekin kamayib boradi. Ikkilamchi G’ovaklik epigenetik jarayonlar ta’sirida jinslardan minerallarni eritib yoki zarra holida olib chiqilishidan paydo bo’lgan bo’shliqlar bilan bog’liq. Karbonat jinslarning erishidan ikkilamchi G’ovaklik tarkib topadi, masalan, karst hosil bo’lishi mumkin. Tog’jinsi g’ovakliligi laboratoriyada turli tadqiqot usullaridan, qatlamlarning gidrodinamik tadqiqotlaridan va kon geofizikasi usullaridan foydalanib aniqlanadi.