G’O’ZA ILDIZ BITI
G’O’ZA ILDIZ BITI — Armsndae oilasiga mansub qanotsiz hasharot. G’o’za va boshqa ekinlar zararkunandasi. Oqish zarg’aldoq tusli, tanasi deyarli dumaloq, og’iz apparati sanchib-so’ruvchi, mo’ylovlari uch bo’g’imli. Shira naychalari va dumi yo’q. Tanasi, oyog’i va mo’ylovlarining usti mayda tukchalar bilan qoplangan. Toshkent, Samarqand viloyatlari, Farg’ona hamda Zarafshon vodiylarida ekinlarga juda katta zarar yetkazadi. G’o’za ildiz biti lichinka hamda voyaga yetgan holida keng bargli begona o’tlar (sho’ra, ituzum va boshqalar) ildizida qishlaydi va bahorda g’o’za maysalariga o’tadi. Lichinkalari o’simlik ildizida kichik-kichik gala bo’lib yashaydi. G’o’za gullagunga qadar uning ildizida hayot kechiradi, ildiz dag’allashgandan so’ng boshqa qishloq xo’jalik ekinlariga o’tadi. Ildizida bit bo’lgan o’simlik rangsizlanadi, so’liydi va ko’pincha nobud bo’ladi. Zararlangan o’simlik atrofida to’plangan chumolilardan G’o’za ildiz biti borligini aniqlash mumkin. Kurash choralari; ekinzorlar atrofidagi begona o’tlarni ildizi bilan sug’urib yo’q qilish va bitlar topilgan yerlarni qishda sug’orish; tuproqqa 10— 15 santimetr chuqurlikda donador fosfamid yoki bazudin (40 kilogramm/gektar) solish.