Grafit

Grafit (yunoncha grafu — yozaman) — mineral, yer po`stida uchraydigan sof uglerodning bir ko`rinishi. Rangi qora va to`q kul rang, metallsimon yaltiroq. Konlari Ural, Ukraina, Sibir, O`zbekistonda grafit Toshqazganda topilgan; chet ellarda Kanada, Shri-Lanka, Avstraliya, AQSh. Grafitdan tigel, qalam, elektrod, buyoqlar tayyorlanadi.