Grek tili

Grek tili — Hind-Evropa tilla- ri oilasining grek guruhiga mansub. Jan. Balqon ya. o. va unga chegaradosh Io- niya va Egey dengizi bo’ylarida hamda Jan. Albaniya, Misr, Jan. Italiya hududlarida tarqalgan. Bu tilda GRESi- yada 9,3 mln., Kiprda 530 mingdan ziyod kishi so’zlashadi (1990-y.lar o’rtalari). Gresiya va Kiprning (turk tili b-n bir qatorda) rasmiy tili. G. t. Qad. Make- ton tili b-n qarindoshdir. U tarixan 3 davrga bo’linadi: qad. (yunon tili), o’rta (5-7-a.lar), yangi (15-a.dan bosh- lab) g. t. Bu tilda turli shevalar mav- jud. Mazkur til boy adabiyotga ega. Qad. grek (yunon) tilida yozilgan tarixiy va madaniy yodgorliklar saqlanib qolgan. G. t.da 5 unli fonema, yuqori va quyi tishlar oralig’ida talaffuz qilinuvchi undoshlar mavjud. Morfologiyasida mu- rakkab fe’l zamonlari va buning anali- tik shakllari bor. Gap tuzilishiga ko’ra so’zlar erkin tartibga ega. G. t. lug’at tarkibida roman, slavyan va turkiy til- lardan o’zlashgan so’zlar ko’p. Yozuvi yunon alifbosi asosida.