Grunt, zamin

Grunt, zamin (qurilishda) — er- ning asosan nurash zonasida yotuvchi tog’ jinslarining umumlashma nomi, in- sonning muhandislik-qurilish faoli- yatining ob’ekti. G.dan bino va turli muhandislik inshootlarining zamini, qurilish materiali (yo’l, ko’tarmalar, to’g’on), er osti inshootlarini (tonnel, quvurlar, omborxonalar) joylashtirish muhiti sifatida foydalaniladi. Yax- lit toshli va g’ovak (tosh bo’lmagan) g.ga bo’linadi. Yaxlit toshli g.ga monolit yoki seryoriq massiv ko’rinishida yotgan, zarra- lari kuchli jipslashgan, otilib chiqqan, metamorfik va cho’kindi jinslar kira- Di. G’ovak G. yirik chaqiq (tsementlashma- gan), qumli va gilli jinslardan iborat. G. gruntshunoslik fanida xususiyatlari, genezisiga, keyingi epigenik jarayon- larga bog’liq bo’lgan muayyan tabiiy-ta- rixiy Hosila sifatida, shuningdek, vaqt o’tishi b-n o’zgarib boruvchi ko’p fazali sistema nuqtai nazaridan o’rganiladi. G. xususiyatlarini tadqiq qilishda, shu- ningdek, uning tarkibi, ichki tuzilishi va muhitning tabiiy sharoitlari (t-ra, bosim va h.k.) ham o’rganiladi. Tarkibi, strukturasi va teksturasi g.ning sifa- tini belgilaydi. G.larning quyidagi muhim xususiyatlarini ajratish mum- kin: fizik (hajmi va solishtirma og’irligi, suv va elektr o’tkazuvchanligi, g’ovaqligi, egiluvchanligi va b.), Fi- zik-kimyoviy (singdiruvchanligi, tikso- tropiya va h. k.) va fizik-mexanik (sil- jishga qarshiligi, deformasiyalanishi). G.ning eng muxim xususiyatlari tashqi kuchlar ta’siriga chidamliligi va mustahkamligidir. Muzlagan, muzlab- eriydigan g. uchun uning issiqlik-fizik xossalari muhim. G.ning petrografik xususiyatlari lab. va dala sharoitla- rida olingan namunalar va butun mas- sivlardan foydalanib o’rganiladi. Qurilish ketayotgan joylar burg’ilash, quduq qazish, zondlash va geofizika me- todlari yordamida tekshiriladi. G. xusu- siyatlarini yaxshilash uchun tsementlovchi va biriktiradigan moddalar qo’shiladi, mexanik zichlanadi (shibbalanadi), quritiladi, qizdiriladi, muzlatiladi va h. k.