Guanaxuato

Guanaxuato — Meksikadagi shtat, mamlakatning Markaziy qismida. Mayd. 30,5 ming km2. Axolisi 4,6 mln. Kishidan ziyod (2000). Ma’muriy markazi — Gua- naxuato sh. Meksika tog’ligining Jan.da, Lerma daryosining yuqori oqimida joy- lashgan. Er yuzasi o’rtacha bal. 1800 m li platolardan iborat, ba’zi cho’qqilarning bal. 3000 m gacha. Iqlimi tropik iqlim. Yillik yog’in o’rtacha 500-1000 mm. Qadimda ahrli zich yashagan. 16-19-a. larda kumush qazib olingan. Konchilik ishlarining pasayishi b-n iqtisodi qam tushkunlikka uchrab, aholi ham boshqa shaharlarga ko’chib keta boshlagan. Oziq- ovqat, ko’n poyabzal, neftni qayta ish- lash korxonalari bor. Hududining katta qismida ichki ehtiyojlar uchun oziq- ovqat ekinlari ekiladi. Lerma daryosi g’avzasida esa tovar q. x. (makkajo’xori, bug’doy, paxta, kofe, qand lavlagi), chor- vachilik rivojlangan.