Guanaxuato

Guanaxuato — Meksikadagi shahar, Guanaxuato shtatining ma’mu- riy markazi. Aholisi 70 ming kishidan ziyod. G. 2050 m balandlikda. Transport yo’llari tuguni. Konchilik sanoatining qad. markazlaridan (oltin, kumush, qalay va b.), 20-a.ga kelib ahamiyati pasaydi. Oziq-ovqat, kimyo, metallurgiya sanoa- ti korxonalari mavjud. Un-t, muzeylar bor. G.ga 1548 y.da asos solingan. 16 — 18-a.larga oid me’moriy yodgorliklar saqyaangan. Turizm rivojlangan.