Guanidin

Guanidin, (NH,)2C=NH — rangsiz kristall. Kuchli ishqor, ishqoriy metal- lar gidroksidlariga yaqin turadi mol. m. 59,07 suyuqlanish t-rasi 50°. Gigro- skopik, havodan SO2 va suvni yutib yum- shaydi. G. suvda gidrolizlanib mochevi- na hosil qiladi. (29°da 20 so’tkada 50% gacha). Kislotalar b-n reaktsiyaga kirishib gidrolizga chidamli tuzlar hosil qiladi. Oson alkillanadi, ishqorlar ishtiroki- da kislotalar efirlari ta’sirida asil- lanadi. Sanoatda G. va uning tuzlari tegishli ammoniy tuzlarini mochevina yoki izianoguanidin b-n birga qizdirish, shuningdek, tsianguanidinning suvdagi eritmasini gidrogenoliz qilish yo’li b-n olinadi. G. hosilalari faol bakte- risid va fungisidlar. G. pirimidin, oksazol va b. birikmalar sintezida xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Tuzlari sano- atda surkov moylarida qo’shimcha, korro- ziya ingibitorlari, bog’lovchi moddalar sifatida ishlatiladi.