Gujarot tili

Gujarot tili (gujaroti) — hind-Evropa tillari oilasining hind guruhiga mansub til. Hindistonning Gujarot shtatining rasmiy tili, Maharashtra shtatiga tutash hududlarda ham tarqalgan. Unda 47 mln. dan ziyod kishi so’zlashadi (1990-y.lar o’rtalari). 3 asosiy dialektga ajraladi: shim. (yoki Ahmadobod); g’arbiy (yoki Katxiyavar); Jan. (yoki surat). So’z yasalishi suffiks, prefiks va so’zlar qo’shilishi asosida yuz beradi. G.t. fonetikasida old qator unlilarda va sonantlar (u) palatalla- shuvi uchramaydi. G.t.da 6 ta o’ziga xos kelishik mavjud (vositasiz, egalik, ob’- ektli, vositali, ayiruvchi, o’rin). Bun- dan tashqari, 2 ta son (birlik, ko’plik) bor. Fe’l shaxs, son, jins, zamon, mayl (aniqlik, buyruq, gumon, istak) ka- tegoriyalariga, shuningdek, bulardan tashqari (o’timli va o’timsiz fe’llarda yuzaga chiqadigan) majhullik, aniqlik nisbatlariga ega. Ega gapning boshi- da, kesim esa oxirida keladi. G.t. lug’at tarkibida sanskrit, fors, Arab tillari- dan o’zlashgan so’zlar anchagina. Keyingi vaqtda ingliz tilidan ba’zi so’zlarning o’zlashishi ham kuzatilmoqda. Gujarot alifbosi devanagari yozuviga juda yaqin.