Gulungi luchchak

Gulungi luchchak — xalq selek- tsiyasida yaratilgan ertapishar o’rik navi. O’rta Osiyo o’rik navlarining Zarafshon guruhiga kiradi. Daraxti o’rtacha, yaxshi usadi. Mevasi yirik (40 g), yumaloq, yaltiroq, och-sariq, qirmizi rang. Po’sti tuksiz, yaltiroq, o’rtacha qalinlikda, eti kalin (9-10 mm), o’rtacha suvli, shirin, xushbo’y, danagi 2,3 g. Qishki va baxrrgi sovuqlarga chidami o’rtacha, yaxshi parva- rishlanganda yuqori hosil beradi. Meva- si to’kilmaydi, shoxida uzoq saqlanadi. Hatto qurg’oqchilik yillarida ham yaxshi usadi va meva beradi. Ko’chati ekilgan- dan so’ng 6-7-yili hosilga kiradi. 18-20 yilda to’la hosil bera boshlaydi (130— 150 kg). Yil oralab meva beradi. Martning oxirida gullaydi (5-6 kun). Ko’rsodiq, subxoniy navlaridan yaxshi changlanadi. Mevasi iyun o’rtalarida pishadi. Ho’lligicha iste’mol etiladi, konserva qilinadi. Turshak solinmaydi. Tashishga chidami yaxshi. Samarqand va bu- xoro viloyatlarida keng tarqalgan.