Gumoral regulyasiya
Gumoral regulyasiya (lot. Humor — suyuqlik, ingl. regulation — tartibga solish, boshqarish) — organism hayot faoliyati (fiziologik va biokimyo- viy) jarayonlarini muvofiqlashtirib turuvchi mexanizmlardan biri. Bu mexa- nizm hujayra, to’qima va a’zolarning FA- oliyati jarayonida organizm suyuqliklari (qon, limfa, safro, to’qima suyumigi va b.)ga ishlab chiqarilgan biologik faol moddalar yordamida amalga oshiriladi. Gormonlar, tsitokin va metabolitlar G.r.ning asosiy omillari hisoblanadi. Odam va yuqori rivojlangan hayvonlarda G.r. nerv regulyasiyasi b-n birga orga- nizm sistemalarining har xil holat va o’zgaruvchan sharoitlarda normal ishla- shini ta’minlaydi, shuning uchun ikka- lasi birgalikda yagona sistema — ney- ro-gumoral regulyasiyani tashkil etadi. Nerv sistemasi bo’lmagan yoki sust ri- vojlangan hayvonlarda gumoral omillar ustunlik qiladi. Nerv sistemasi yaxshi rivojlangan organizmlarda nerv va G.r.ning bir butunligi bu sistema omil- larining bir-biriga bevosita ta’sir etishiga bog’liq (mas, mediatorlar nerv impulslarini o’tkazishda qatnashadi; qon tarkibida SO2 ning ko’payib ke- tishi bosh miyaning nafas markazlari qo’zg’alishiga sabab bo’ladi, natijada na- fas harakatlari tezlashadi va ortiqcha SO2 organizmdan chiqib ketadi. Aksincha, nerv regulyasiyasi ta’sirida organizmda gormonlar, mediatorlar, me’da shirasi kabi omillar ishlab chiqariladi).